Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi haqida sherlar

Telegram kanalining logotibi sevgi_haqida_sherlarimiz — Sevgi haqida sherlar S
Telegram kanalining logotibi sevgi_haqida_sherlarimiz — Sevgi haqida sherlar
Kanal manzili: @sevgi_haqida_sherlarimiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.75K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar
Kanalimizga hush kelibsiz
Agar sevgan insoniz bulsa unga ishoning
Chunki ishonch bulsa sevgi buladi
Admin👉 @bank_of_islam

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-08-07 17:53:19 BAXT IZLAGAN BO’YDOQLAR

Tunda borib qizlarga,
Tayoq yegan sayoqlar.
Nima gaplar olamda,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Ko’zlar o’ynab har tomon,
Yolg’izlik juda yomon,
Omonmisiz siz omon,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yaxshi qizni izlaysiz,
Vaqt o’tyabdi bilmaysiz,
Qachongacha tanlaysiz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yuztasini sevgansiz,
Yuz hil vada bergansiz,
So’zlarimga kulmang siz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Har kuni osh jizzada,
Sho’rva ichar ko’zada,
Bo’ydoqlik ham mazzada,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uyqu bilmay kechalar,
Yostiq kuchar nechalar,
Yolg’izlik kuyin chalar,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uylansangiz yo’q bo’lar,
Yoqadagi bu dog’lar.
To’yingizda o’ynaylik,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.
487 views ۦصابِنَ , 14:53
Ochish/sharhlash
2022-08-07 17:12:11 MUSLIMA AYOL.

Tillodan boʻlmasa boʻlmasin taxti.
Metindan mustaxkam vafosi axti.
Onadir shu uning eng buyuk baxti.
Sabrli boʻladi muslima Ayol.

Boshidan yogʻilsa malomat toshi.
Yoriga yoʻqolsa ishonchi xoxshi.
Yuzini yuvsada koʻzdagi yoshi.
Sabrli boʻladi muslima Ayol.

Nomardlar chalsalar oyoqlaridan.
Xalovat topsalar qiynoqlaridan.
Madori qurisa firoqlaridan.
Sabrli boʻladi muslima Ayol.

Orzusi aylansa armonlariga.
Sevgisin topshirib xijronlariga.
Tam berib yashaydi zamonlariga.
Sabrli boʻladi muslima Ayol.

Gʻururi togʻdan ham magʻrurdir biling.
Ayolmi? xurmatin joyiga qoʻying.
Ojiza demangiz ching dildan seving.
Yuzidan yogʻilar ibo va xayol.
Sabrli boʻladi muslima Ayol
456 views ۦصابِنَ , 14:12
Ochish/sharhlash
2022-08-07 17:11:42 Oʻylaysiz u baxtli, u juda quvnoq
Doim kulib turar baxtdan yuzlari
Yana deysiz bormi, mehribon shundoq
Porlab turar qara chaqnoq koʻzlari..

Aslida dardlarim olib ortimga
Yopaman mehrli gullarga oʻrab
Koʻzlarim yoshini toʻkib qalbimga
Jilmayib turaman koʻnglingiz soʻrab.

Oʻylaysiz, u baxtli judayam shodon
Oʻylamas dunyoning gʻamlarini deb
Aslida, dunyosi koʻksimga hamon
Kamon oʻqlaridan berib borar zeb

Oʻylaysiz, u magʻrur boʻyin egmaydi
Boshimni tutaman or-nomus ila
Oʻylaysiz, xazonlar aslo toʻkmaydi
Toʻkilgan bagʻrimni armonlar elar..

Mayli, oʻylayvering nima boʻlsa ham
Sirtdan qaraganda goʻzaldir bari
Tik qoyaman qarang gʻamlar kulsa ham
Chunki, ruhim tirik oʻlmaydi hali...

Oʻylaysiz u baxtli, judayam shodon...
430 views ۦصابِنَ , 14:11
Ochish/sharhlash
2022-08-07 15:19:46 O_N_A

Ona sochin, tolasiga arzimas dunyo
Ona mexrin, tuyğularning chiroyi ròyo
Ğaflatga botib qolmaylik asloo
Qadriga yetaylik onai zorni. .........!!

Siz uchun sochlari tekis yòl bolgan
Yuzida ajinli ....... mexr joy olgan
Ellikga kirsaxam xali yosh bilgan
Qadriga yetaylik onai zorni.......!!!!

Dasturxon bezatib kutsada bizni
Kòzlarin qòlimiz tomonga burmas
Mayliga quchmasin omadlar bizni
Qadriga yetaylik onai zorni.........!!

Biz sabab tomchilab kòz yoshi tòksa
Baxt degan tuyğuni mutloq yuqotsa
Ezozlab..... har doim onajon deya
Qadriga yetaylik onai zorni.......!!

Bir kuni keladi shundayin onlar
Qidirib topmaymiz osmonu yerdan
Bir shirin kalomni aytaolmaymiz
Qadriga yetaylik onai zorni......!!

Egilib onangning oyoğidan òp
Jannatning nurlari yoritgay yuzing
Dunyoni ğanimat kunlar deb bilib
Qadriga yetaylik onajonlarning.....!!

@Sevgi_haqida_sherlarimiz
557 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 12:19
Ochish/sharhlash
2022-08-07 09:22:08 BAXT IZLAGAN BO’YDOQLAR

Tunda borib qizlarga,
Tayoq yegan sayoqlar.
Nima gaplar olamda,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Ko’zlar o’ynab har tomon,
Yolg’izlik juda yomon,
Omonmisiz siz omon,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yaxshi qizni izlaysiz,
Vaqt o’tyabdi bilmaysiz,
Qachongacha tanlaysiz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Yuztasini sevgansiz,
Yuz hil vada bergansiz,
So’zlarimga kulmang siz,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Har kuni osh jizzada,
Sho’rva ichar ko’zada,
Bo’ydoqlik ham mazzada,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uyqu bilmay kechalar,
Yostiq kuchar nechalar,
Yolg’izlik kuyin chalar,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

Uylansangiz yo’q bo’lar,
Yoqadagi bu dog’lar.
To’yingizda o’ynaylik,
Baxt izlagan bo’ydoqlar.

@Sevgi_haqida_sherlarimiz
652 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 06:22
Ochish/sharhlash
2022-08-07 05:58:09 Sevib yashayman

Hayolimdan hech ketmas yuzing
Yangrar qulog'im ostida so'zing
Ko'z o'ngimdan ketmas bu qora ko'zing
Men seni umirbod sevib yashayman

O'tkazib maxzun tunlarni bedor
Sevgim armon bo'ldi, qilmadim izhor
Agar senga bergan bo'lsam ozor
Mayli sevgim ichga yutib yashayman

Armonlar yuragimni takror ezsa ham
Seni qaytmasligingni bilib sezsa ham
Hotiralar hayolimni tinmay kezsa ham
Men seni hayolan sevib yashayman

Mana keldi, kutilgan bahor fasli ham
Muzlar erib yuragimdan ketadi g'am
Lekin sensiz, bo'lmoqda nimadir kam
Men seni bahorday sevib yashayman
@Sevgi_haqida_sherlarimiz
596 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 02:58
Ochish/sharhlash
2022-08-07 05:54:30 «ENG YAXSHI IZHOR»

Sevmaydi demagin, sevmadi dema,
Ishqingda eng telba men boʻlsam kerak.
Jimligim sevgimdir, befarqlik dema,
Eng yaxshi izhor yoʻq, sukutdan boʻlak.

Dengizman, koʻksimda shiddatli toʻlqin,
Bagʻrimda koʻkarib ketkandek osmon.
Shoshaman yoningga kelmoqqa yaqin,
Qirgʻoqsan, talpindim faqat sen tomon.

Yomgʻirman, bulutlar bagʻrini ezgan,
Tunda derazangni chertgan entikib.
Uygʻonding, diydorni yuraging sezgan,
Toʻkildim yuzingga, yuzlaring oʻpib.

Sogʻinchman, har lahza koʻzlarimga boq,
Tilimdan bir ogʻiz chiqmasa sado.
Hanuz yoʻllaringda mushtoqman, mushtoq,
Seni yuragimga joylagan Xudo!

Qani, meni mendek sevolsang dema,
Sevgimni dunyoga sigʻdirib boʻlmas.
Sen mensiz yasharsan, menchi sen deya,
Hattoki boʻgʻzimdan oʻtmaydi nafas.

Dengizman, sogʻinchdan koʻtarib shovqin,
Qirgʻoqsan, sen tomon talpindim faqat
@Sevgi_haqida_sherlarimiz
565 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 02:54
Ochish/sharhlash
2022-08-07 05:25:52 - Kimdir sizni sevmaydi
- Qancha harakat qilsangiz ham
- Kimdir sizdan kechmaydi
- Qancha hafa qilsangiz ham

@sevgi_haqida_sherlarimiz
538 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 02:25
Ochish/sharhlash
2022-08-07 05:22:49

Agarda sevsayding meni mendayin
Borimni yuz bora fido etardim
Kechip ketar kuning bòlsada tayin
Umurbot bir senga vafo etardim

Yursang yòllaringga jonim tòshardim
Qoningga qaynatip qonim qòshardim
Bir bor ishqingda adoman desang
Ishonsang men yana ming yil yashardim

Sovuq ayozlardan bòlardim panoh
Òzimga olardim dart kelsa nogox
Borki balolarga kòksimni tutip
Òlip shu balodan etardim ogox

Qani sevsang edi meni menchalik
Chòqqilar poyimga chòkardilar tiz
Sòng esa ket desang boshimni olip
Bu yoruģ dunyodan ketardim issiz

Sevsang suysang edi meni menchalik
Chòg berip ol desang olip yutardim
Balki shoir bòlip kunni-kun demay
Tunni-tun demay sherlar bitardim

Agar tikan kirsa tovonlaringga
Zumda kipriklarim bilan terardim
Tirik qolmoq uchun bir imkon bòlsa
Usha imkonni men senga berardim

Òtsang izlaringni kòzimga surip
Kelsang mehr tòla kòzim tutardim
Òlim xaq joningga xaridor kelsa
Men seni qoldirip òzim ketardim
561 viewsHAYDAROV ˜°•ღ★ ـﮩﮩــ٨ـﮩ♡ 𝚉𝙰𝙷𝚁𝙸𝙳𝙳𝙸𝙽 ♡ـﮩـ٨ﮩـﮩ★ღ•°˜, 02:22
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:33:57 Сен такдирдан бебахо совга .

Хаёт йулим тулдирдинг нурга .

Кунгил бердим лойиксан шунга .

Кел багримга мен келдим кара .
638 views ۦصابِنَ , 17:33
Ochish/sharhlash