Get Mystery Box with random crypto!

Oʻylaysiz u baxtli, u juda quvnoq Doim kulib turar baxtdan yu | Sevgi haqida sherlar

Oʻylaysiz u baxtli, u juda quvnoq
Doim kulib turar baxtdan yuzlari
Yana deysiz bormi, mehribon shundoq
Porlab turar qara chaqnoq koʻzlari..

Aslida dardlarim olib ortimga
Yopaman mehrli gullarga oʻrab
Koʻzlarim yoshini toʻkib qalbimga
Jilmayib turaman koʻnglingiz soʻrab.

Oʻylaysiz, u baxtli judayam shodon
Oʻylamas dunyoning gʻamlarini deb
Aslida, dunyosi koʻksimga hamon
Kamon oʻqlaridan berib borar zeb

Oʻylaysiz, u magʻrur boʻyin egmaydi
Boshimni tutaman or-nomus ila
Oʻylaysiz, xazonlar aslo toʻkmaydi
Toʻkilgan bagʻrimni armonlar elar..

Mayli, oʻylayvering nima boʻlsa ham
Sirtdan qaraganda goʻzaldir bari
Tik qoyaman qarang gʻamlar kulsa ham
Chunki, ruhim tirik oʻlmaydi hali...

Oʻylaysiz u baxtli, judayam shodon...