Get Mystery Box with random crypto!

Sog'insang ayt, kabutardek uchib boray, Sog'inchlarim yulduzla | Sevgi haqida sherlar

Sog'insang ayt, kabutardek uchib boray,
Sog'inchlarim yulduzlarga sochib boray.
Bu besh kunlik dunyolari nima ekan,
CHorlasang bas, jannatlardan kechib boray!

Sog'insang ayt, tog'u-toshlar oshib boray,
Daryo kabi, dengiz kabi jo'shib boray.
Oyog'imni qo'lga olib yugurgancha,
SHoshib boray, diydoringa shoshib boray.

Sog'insang ayt, qiynamasin seni firoq,
Visol emas xijron bo'lsin bizga yiroq.
Kunduz boray, yo'llarimga yoz poyondoz,
Tunda boray, yoqib qo'ygin menga chiroq!

Sog'insang ayt, g'alayonlar qilsin yurak,
Saodatga to'lib ketsin yeru - falak.
Qaerdagi tashvishlarni qo'y, azizim,
Bu dunyoda umid bilan yashash kerak!

Sog'insang ayt, ko'paytirma kuyganlarni,
Tolesi bor bu hislarni tuyganlarni.
G'ururimiz so'zlariga kirib qo'yib,
Goh boy berib qo'yamizda suyganlarni!