Get Mystery Box with random crypto!

Hadya etolmaysizmi? Ko‘z yoshlarim daryodek to‘lsa Hayotimdan | Sevgi haqida sherlar

Hadya etolmaysizmi?

Ko‘z yoshlarim daryodek to‘lsa
Hayotimdan ketolmaysizmi?
Yuzingizdan bitta bir bo‘sa
Menga hadya etolmaysizmi?

Hamrohimiz go‘yo dard alam
Yig‘layverib kipriklarda nam
Shodliklarni qarzga bo‘lsa ham
Menga hadya etolmaysizmi?

Daryo bo‘lib ko‘ldayin tindim
Armonlardan visol o‘tindim
Mehringizdan biroz bir chimdim
Menga hadya etolmaysizmi?

Kerak emas ishvalar-u noz
Qilmayman ham aslo iltimos
Bolday shirin so‘zizdan biroz
Menga hadya etolmaysizmi?

Endi sizga armonlar bo‘lgum
Alamlarga yengildi ko‘nglim
Hech bo‘lmasa tikonni gulim
Menga hadya etolmaysizmi?

Ishq qoyadir chiqolmay tikka
Havas qilmang ohu kiyikka
Dil kalitin eh Ulug‘bekka
Aslo hadya qilolmaysizmi