Get Mystery Box with random crypto!

​ Men uchun olamda yolgʻiz donasiz, Unuta olmayman hatto bir | Sevgi haqida sherlar



Men uchun olamda yolgʻiz donasiz,
Unuta olmayman hatto bir zumga.
Meni deb shunchalar, siz ham yonasiz,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Kunduzi quyoshim, tunda oyimsiz,
Mehringiz joʻsh urar toshqin soyimsiz.
Sevgi bobida yor ulkan boyimsiz,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Siz meni qalbimda oʻchmas chirogʻim,
Siz meni yaqinim, hamda yirogʻim.
Sheʼr boʻlib bitildi, dil soʻzu ohim,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Mehringiz taftida ketaman yonib,
Rashk qildim goxida oʻzimdan tonib.
Bugun bir soʻz deyman sizga maqtanib,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Sevdim sevildim shu mening baxtim,
Mayliga boʻlmasin saroyda taxtim.
Oʻzgasi kerakmas bu mening axtim,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Koʻp rashkim yoqmaydi ranjib qolasiz,
Dilimga gʻulgʻula alam solasiz.
Jon olguvchi jonsiz jonim olasiz,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Oʻzingizni asrang men uchun yorim,
Shu mening dildagi oʻtinchu zorim.
Axir sizsiz mening, ham yoʻgʻu borim,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga.

Xasta dil sizga deb ashʼorlar bitar,
Dunyodan faqat bir sizni deb oʻtar.
Bir chimdim mehringiz boʻlsa bas yetar,
Oʻxshata olmayman sizni hech kimga