Get Mystery Box with random crypto!

Sensizlik yuragim oʻrtaydi yomon Sogʻinchlar qiymalab qoʻymay | Sevgi haqida sherlar

Sensizlik yuragim oʻrtaydi yomon
Sogʻinchlar qiymalab qoʻymaydi omon.
Sabrim sinayabdi, azizim shu on
Kelib koʻzdan sogʻinch jolalarim art.

Ruxim ming boʻlakka boʻlinib ketdi,
Ozorim sen qolib samoga yetdi.
Bu ishqing dilimni dilpora etdi.
Kelib koʻzdan sogʻinch jolalarim art.

Asirlikda tutqun hayollarni yech.
Faqat baxt gullasin, gʻam qolmasin hech.
Tugab bitmasimdan, boʻlmasidan kech.
Kelib koʻzdan sogʻinch jolalarim art.