Get Mystery Box with random crypto!

INGLIZ TILI 2-FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA!!! Joriy yilnin | Ingliz tili 2-fakulteti

INGLIZ TILI 2-FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA!!!

Joriy yilning 25-avgustidan boshlab 10-sentyabr kuniga qadar (onlayn hamda offlayn tartibda) Ingliz tili 2-fakultetida tashkil etilgan komissiya orqali talabalardan turar joyga joylashish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi!

Talabalar turar joyidan o‘rin avvalo, chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va nogiron, boquvchisini yo‘qotgan (otasi olamdan o‘tgan yoki otasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan) talabalar, “Temir daftar”oila farzandi, “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar farzandlari, oilada ikki yoki undan ortiq farzandi to’lov-shartnoma asosida o’quvchi talaba mavjud bo’lsa (bunda ma’lumotnanomaning asl nusxasi taqdim etiladi) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarga ajratiladi. Bunda talabalarning yuqorida qayd etilgan barcha sabablar guvohnoma va tuman hokimiyati yoki sektor rahbarining xati hamda ma’lumotnomasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalardan tushgan har bir ariza fakultetldagi komissiya tomonidan sinchiklab talaba ishirokida shaffof tarzda o‘rganib chiqiladi, hujjatlarning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, zarur hollarda joylardagi hokimlikdan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini aniqlashtirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuboriladi.

Avvalgi yillarda talabalar turar joyida istiqomat qilgan talabalarning arizalari tegishli talabalar turar joyi mudiri va pedagog-tarbiyachining tavsiyanomasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.

TTJga ariza topshirish uchun fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qiling!

Onlayn tartibda turar joyga joylashish bo‘yicha arizalarni quyidagi raqamdagi telegram manzilga yuborishingiz mumkin. +998977085853

Esda tuting: Onlayn tartibda ariza topshirgan talabalar 5-10 sentyabr kunlari fakultetda tashkil etilgan komissiyaga onlayn taqdim etgan ma`lumotnomalarning asl nusxasini taqdim etish uchun uchrashishlari lozim.