Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tili 2-fakulteti

Telegram kanalining logotibi secondfaculty — Ingliz tili 2-fakulteti I
Telegram kanalining logotibi secondfaculty — Ingliz tili 2-fakulteti
Kanal manzili: @secondfaculty
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 929
Kanalning ta’rifi

O'zDJTU🏛🇸🇱
Ingliz tili 2️⃣-fakultetining rasmiy media axborot kanali.
Kanalda fakultetimizning 1,2,3,4-bosqich talabalariga aloqador yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.
Adminka: @Mokhinora

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-24 18:20:06 INGLIZ TILI 2-FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA!!!

Joriy yilning 25-avgustidan boshlab 10-sentyabr kuniga qadar (onlayn hamda offlayn tartibda) Ingliz tili 2-fakultetida tashkil etilgan komissiya orqali talabalardan turar joyga joylashish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi!

Talabalar turar joyidan o‘rin avvalo, chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va nogiron, boquvchisini yo‘qotgan (otasi olamdan o‘tgan yoki otasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan) talabalar, “Temir daftar”oila farzandi, “Ayollar daftari”da turuvchi ayollar farzandlari, oilada ikki yoki undan ortiq farzandi to’lov-shartnoma asosida o’quvchi talaba mavjud bo’lsa (bunda ma’lumotnanomaning asl nusxasi taqdim etiladi) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarga ajratiladi. Bunda talabalarning yuqorida qayd etilgan barcha sabablar guvohnoma va tuman hokimiyati yoki sektor rahbarining xati hamda ma’lumotnomasi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Talabalardan tushgan har bir ariza fakultetldagi komissiya tomonidan sinchiklab talaba ishirokida shaffof tarzda o‘rganib chiqiladi, hujjatlarning soxtalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, zarur hollarda joylardagi hokimlikdan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini aniqlashtirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuboriladi.

Avvalgi yillarda talabalar turar joyida istiqomat qilgan talabalarning arizalari tegishli talabalar turar joyi mudiri va pedagog-tarbiyachining tavsiyanomasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ko‘rib chiqiladi.

TTJga ariza topshirish uchun fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qiling!

Onlayn tartibda turar joyga joylashish bo‘yicha arizalarni quyidagi raqamdagi telegram manzilga yuborishingiz mumkin. +998977085853

Esda tuting: Onlayn tartibda ariza topshirgan talabalar 5-10 sentyabr kunlari fakultetda tashkil etilgan komissiyaga onlayn taqdim etgan ma`lumotnomalarning asl nusxasini taqdim etish uchun uchrashishlari lozim.
722 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:03:09 Ассалому алайкум!
Тошкент шаҳрида бўлиб туриб, КИНОФЕСТИВАЛЬда волонтёр-таржимон сифатида иштирок этмоқчи бўлган талабалар бўлса алоқага чиқсин!
Телеграм: 97 522-82-51
Телефон: 99-936-11-44

Икрамова Ноибабону
Телефон: 91-180-01-98

@secondfaculty
829 views12:03
Ochish/sharhlash
2022-08-22 14:38:49
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kuzatuv kengashining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishni kuzatuv kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b Sanjar Obidov olib bordi.

Majlisda universitetga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod etish tartibini belgilash, O‘zDJTUning ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, universitetning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish, universitetni milliy va xalqaro reytinglarining yuqori o‘rinlaridan joy olishi, universitetda 2022-yilning birinchi yarim yilligida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quv-uslubiy faoliyatini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlash faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) va universitet veb-sayti faoliyatini takomillashtirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kun tartibiga qo‘yilgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

@uzswlu
740 views11:38
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:31:25 O'quv markazimizga Adminstrator qiz ishga olamiz (to'liq ish kuniga, yarm ish kuniga emas)

Talablar:
>20-30 yosh
>IELTS bo'lishi (6.0+)
>Bir yillik ish tajribasi
>Mijozlar bilan xushmuomala aloqa qilishi
>Bakalavr darajasi bo'lishi ixtiyoriy (kechki smenada o'qiydigan talabalar uchun juda yaxshi imkoniyat)

Suhbat davomida batafsil ma'lumot beriladi (oylik masalasi ham)

Agar yuqoridagi talablarga javob bersangiz, shu havola orqali murojat qiling : @abdurahmonovkomil
893 views09:31
Ochish/sharhlash
2022-08-16 12:27:40 Dars jarayonlari 5 sentyabrdan boshlanadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

Barchaga yuboring
@Talabalar_kanali_24
614 views09:27
Ochish/sharhlash
2022-06-27 22:45:02
Toshkent tarixida yangi sahifa!
Quvonch ulashuvchi TOSHKENT YOSHLAR KARNAVALI!
Haroratli oqshom, qaynoq kayfiyatda bo‘lib o‘tadi.
28-iyun o‘zbek estradasining eng yorqin yulduzlari ishtirokidagi gala konsertda barchamiz bir safda bo‘lamiz!
Soat 19:00 da barchangizni kutamiz. (kirish bepul)

Do‘stlar bilan keling, yulduzli oqshomda birga raqs tushamiz.

Manzil: «Alisher Navoiy» kutubxonasi Simpozium saroyi.
Mo‘ljal: «Hayat» mehmonxonasi orqa tomoni.

#my5tv #yoshlar_karnavali

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamizga obuna bo'ling:
TELEGRAM / INSTAGRAM / TELEGRAM BOT
1.8K views19:45
Ochish/sharhlash