Get Mystery Box with random crypto!

Allohga qasamki, siz o'qishga kirolmaysiz, qachonki, qalbingiz | 𝑺𝒆𝒗𝒊𝒏𝒄𝒉 | inner blog🌝

Allohga qasamki, siz o'qishga kirolmaysiz, qachonki, qalbingizda o'qiyotgan ilmingizda savob va ajr borligini bilmasangiz. Hoy insonlar, ilm olish - farz. Bir soat ilm bilan shug'ullanish bir soat namoz ibodati bilan mashg'ul bo'lish bilan teng. Kechalari uyqudan qolib, ko'zlaringiz tolib, qoningiz kamayib, ovozingiz bo'g'ilib, etingiz suyagingizga yopishib, sovuqda yoki issiqda tinmay qiynalib o'qiysiz-u, nega o'qishga kirmasligingiz kerak. Alloh adolat qilmaydi deb o'ylaysizmi? Siz imtihongacha ona sutingiz og'zingizga keladi-yu, najot topmayman deb o'ylaysizmi? Alloh shuncha qilgan harakatingizga mukofot sifatida talabalikni bermaydimi?
Ko'nglingizni to'q qiling, beradi. Beradi o'sha oltin davrni. Faqat ozgina tafakkur qiling.
Ko'p emas ozgina.

Men shunchalik qiynalib o'qiyapman, kursimga kerak bo'lsa, pul topolmay qolyapman, ota-onamni iqtisodiy majruh qilyapman, birovlarning uyida ijarama-ijara qisinib-qimtinib yashayapman. Oilamdan uzoqda, uyda bo'lsam ham xayolim kitobda, ota-onam, oilamning diydoriga to'ymay qiynalyapman. Men azob chekyapman. Lekin farz yo'lidaman. Qasamki, Alloh shuncha qiynalganimga munosib javob qaytaradi, uning adolatli zot ekaniga ishonaman. Baribir, baribir, baribir bir kuni menga shu qiynalganlarimning mevasini beradi. Qiyinchiliklarimni shodlikka aylantiradi. Meni talaba qiladi. Adolatini ko'rsatadi deb fikrlang, bu so'zlarni dilingizdan o'tkazing, tafakkur qiling. Shunga ishoning. Mana shu haqiqiy ixlosdir.

Allohga qasamki, siz o'qishga kirolmaysiz, qachonki, sizda ixlos bo'lmasa. Har yili 1 mln atrofida o'quvchi hujjat topshiradi. Ulardan o'qishga kirganlari ixlosli va bilimlilaridir, omadlilari emas...

Davron Akbar

@RenessansStudy