Get Mystery Box with random crypto!

Kuni kecha o'quvchilarimiz bilan dars avvalida ixlos haqida ga | 𝑺𝒆𝒗𝒊𝒏𝒄𝒉 | inner blog🌝

Kuni kecha o'quvchilarimiz bilan dars avvalida ixlos haqida gaplashgan edik. Unda inson ilm olish Allohning farzi ekanini anglagan holda o'qisa, o'rgansa, ilm yo'lidagi qiyinchiliklarga javob tariqasida albatta, Alloh mukofotlaydi deb ishonsa, men o'qishga kirsam kerak deb emas, men albatta, o'qishga kiraman deb harakat qilsa, o'rganayotgan ilmim meni ikki dunyoda aziz qiladi deb ishonsa, mana shu ixlosdir degan qarashlarni ifoda etdik.

Yuqoridagi video esa ilmga berilgan yana bir ulkan bahodir. Kursga borish uchun uydan chiqayotganingizda men bugun ming rakat nafl namozidan ham ko'proq ibodatga teng bo'lgan amalni bajarishga ketyapman deb tafakkur qilsangiz, bu sizning ixlosingizni yanada mustahkamlaydi.

@RenessansStudy