Get Mystery Box with random crypto!

Sarvinozdan chizgilar

Telegram kanalining logotibi sarvinoz_omonova — Sarvinozdan chizgilar S
Telegram kanalining logotibi sarvinoz_omonova — Sarvinozdan chizgilar
Kanal manzili: @sarvinoz_omonova
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.87K
Kanalning ta’rifi

• Ruhiy erkinlik
• Potensialni roʻyobga chiqarish
• Oʻzingga gʻamxoʻr munosabat haqida
Psixolog Sarvinoz Omonova
Kurs va treninglar: @sara_kurslar
Instagram: @sarvinoz_creator

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 23:00:32 Bir necha oy oldin kurslarimdan biridagi ishtirokchi shunday dedi: "Rahmat, universitetda ololmaydigan bilimlarni berasiz doim".

Keyin universitet yillarimni esladim. Va vulqonday g'azab toshib chiqdi ichimdan. Litseyda óqib yurgan yillarimda universitetga kirishga juda qiziqardim, leksiyalarda ajabtovur professorlarni tinglash zavqi, kursdoshlar bilan psixologiyaga oid qiziq suhbatlarni óylab, entikardim. Óz bilimim bilan kontrakt asosida Nizomiy nomidagi TDPUga kirdim. Guruhda faqat ikki kishi bilimi bilan kirgan ekan, shulardan biri men. Agar korrupsiya bólmaganida, men byudjetda óqigan, moliyaviy qiynalmasdan ijod bilan shug'ullanishga ham vaqt ajratolgan bólardim. Ba'zi óqituvchilarning qiziqarli leksiyasidan boshqa narsa ololmadim Nizomiyda.
Bu bir.

Birinchi kursdan keyin, universitetdagi viloyatliklarni óz viloyatlariga tarqatib yuborishdi. Men 19 yil davomida orzu qilib, yashashga erishgan shahrim — Toshkentdan ketishga majbur bóldim. 1-kurs oxirida "Kitob dunyosi" gazetasiga chet ellik yozuvchilarning hikoyalarini tarjima qilib, adabiyot davralariga endi kirib borayotgandim. Birinchi tarjimam chiqqan gazeta soni va gonorar( 20 ming sóm atrofida edi)ni olib yotoqxonaga qaytayotganimda kóchalardan yurib emas, uchib qaytgandim. Bu birinchisi va oxirgisi ekanini bilmas edim.

"Perevod"ga majbur bólganimda, Samarqandda óqishni tanladim. Ósha payti umuman óqishni kóchirmasdan, qaytadan Toshkentga boshqa yónalish yo universitetni 1-kursiga topshirmaganimga afsuslanaman. "Sado-mazoxizmning 50 toni"ni kórdim keyingi 3 yil. Nohaqliklar, hayotni balansda ushlashga intilishlardan charchadim.
Bu ikki.

Shu 4 yilim uchun kim kompensatsiya tólaydi? Tólay oladi?

Yóqotilgan yillar, orzular, imkoniyatlarni hech kim qaytarolmaydi. Ular uchun qayg'u kechirish qoladi xolos. Bu qayg'u esa qancha davom etadi, bilmadim. Tugatishga shoshilayotganim yóq.

Universitetni bitirganimdan keyin ózim olgan bilimlarni universitetda olishim kerak edi. Ham pul, ham yillaringni tólaysan, lekin bilim ololmaysan.

Psixologiya deganda — hozir kópchilik mómay daromad manbai, doimiy baxtli hayot kalitini tushunadi. Nifiga. Mijozlarga yordam berishdan tashqari ózingni travmalaring bilan yillab ishlashga to'g'ri keladi. Azobning eng tublariga tushib chiqasan. Mana shu jarayondan bizni birorta óqituvchi ogohlantirganmidi? Yóq.

18-19 yoshli ózimga hozirgi aqlim bilan maslahat berish imkoni bólganida, Ózbekistonda psixologiyadan boshqa yónalishga topshir yoki psixologiyani chet elda óqi, degan bólardim.
2.0K viewsedited  20:00
Ochish/sharhlash
2022-08-19 22:01:55
1.1K views19:01
Ochish/sharhlash
2022-08-19 21:59:05
1.0K views18:59
Ochish/sharhlash
2022-08-19 21:52:22 Menimcha, ózbek xalqi eyforiyada yurmaydigan, sokin hayot kechiruvchi, tinmay yutuqlarini kóz-kóz qilmaydigan, oddiy odam ekanini yashirmaydigan, hammaga sevgisini izhor qilib tebranmaydigan psixolog qiyofasiga ham muhtoj.

Ózim shunday psixologlarni, odamlarni kuzataman va xotirjamlik his qilaman.
1.0K views18:52
Ochish/sharhlash
2022-08-19 21:39:27
"Turkiyada baxtli, huzurli bólish uchun odam fikrsiz, aqlsiz, egoist bólishi kerak" degandi Orhan Pamuk bir intervyusida.

Ózbekistonlik bólsang ...
1.0K views18:39
Ochish/sharhlash
2021-02-13 18:01:24 Psixologiya boʻyicha tizimli va puxta bilim olishni xohlovchilarga mart oyida Onlayn psixologiya kursi oʻtaman.

Kurs 12 leksiyadan iborat. Zoom va Telegramda boʻlib oʻtadi. Ular psixikaning qanday ishlashini, oʻzingiz va odamlar xulq-atvorini yaxshiroq tushunishda, har qanday voqeaga psixologik izoh bera olishda yordam beradi. Bir necha psixologik yondashuvlar bilan tanishib chiqamiz. Mavzularni hozircha ochiqlamayman, lekin gʻij-gʻij muhim informatsiyaga boy boʻlishini avvalgi kurslarda qatnashganlar biladi.

21-fevral kuni alohida kanalda kursni prezentatsiyasini oʻtkazaman. Hozirgi eʼlon esa menga ishonib, qoʻshimcha maʼlumotlarsiz ham aʼzo boʻladiganlar uchun.

Kursga 12ta ishtirokchi qabul qiladigan boʻldim:
"Student" tarifida — 10 ta joy. (3tasi egallandi)
"Bloger" tarifida — 2ta joy.

"Bloger" tarifidagilarga psixologik blog yuritish boʻyicha qoʻshimcha darslar oʻtiladi. Shu yoʻnalish talabasi yoki mutaxassisi boʻlsangiz ayni muddao.

Narxlar:
"Student" tarifi — 300 ming soʻm.
"Bloger" tarifi — 700 ming soʻm.

Toʻlov Click yoki Payme orqali. Kursda qatnashish uchun ayni vaqtda hamma summani toʻlov qilish imkoniyatingiz boʻlmasa, 50% ini bugun, qolgan qismini 21-fevralgacha toʻlashingiz mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: @ps_sarvinoz_omonova akkauntiga yozing.
736 viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:09:00 Bugun soat 20.00 da mart oyida boʻladigan psixologiya kursi borasida eʼlon qilaman. Joylar soni 10ta va 3tasini band qilib boʻlishgan. Boshqa tafsilotlarni keyin aytaman.
851 views09:09
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:48:33 Azoblaringizni miqdori qadringizni belgilamaydi

• Munosabatlarda qancha ko‘p azoblansangiz – sherigingizni shunchalik ko‘p yaxshi ko‘rasiz deganimas.
• Qanchalik og‘ir mehnat qilsangiz – shunchalik foydali mehnat qilyapsiz deganimas.

Unda nima degani? Oliyjanob va yaxshi juft, xodim, odam bo‘lib ko‘rinishni istayapsiz degani. “Ko‘rinish” va “bo‘lish” esa boshqa-boshqa narsalar.

Qandaydir odam bo‘lib ko‘rinish xohishi – ichki noqislik hissidan kelib chiqadi. Bu hisdan xalos bo‘lish uchun Qurbon/mazoxist nimalar qilmaydi, deysiz. “Jonim fido” mazmunidagi qo‘shiqlar muallifi shular.

Bizni mentalitetda qanchalik qiynalayotganini namoyish qilishni yaxshi ko‘rishadi. Qancha ko‘p qiynalsam – yaqinlarim/odamlar/boshlig‘im/hayot shunchalik siylaydi, deb o‘ylashadi. Lekin hech bunday bo‘lavermaydi. Nimagadir azoblar miqdori oshib boraveradi. Shunda ham bunga barham berishga shoshilish yo‘q – vulqon portlashi uchun ichi oxirigacha to‘lib qaynashini kutadi. Va xunuk usulda azoblariga nuqta qo‘yadi.

Havas qilarli munosabatlarga nazar solsangiz – hech kim bir-biri uchun azoblanmaydi, o‘zini hayotiga ega va juftiga ham shunday imkoniyat yaratadi.
Eng sifatli ishlar ham – shu ishga muhabbatdan, katta energiyadan yaraladi.
Azobsevarlarni esa kimnidir qabul qilishgayam, biror ishgayam, bu odam/ish unga mos emasligini tan olishgayam kuchi bo‘lmaydi.

@sarvinoz_omonova
1.3K views14:48
Ochish/sharhlash
2021-02-08 06:00:23 O‘zingizni jismonan zaif va belgilagan ishlaringizni bajarishga qayta va qayta noqobil ekaningizni his qilayotgan bo‘lsangiz – balki “yoq” deyishni bilmassiz?

Yoq deya olish – o‘zligimizni saqlash vositasidir. Bundan tashqari juda ko‘p variantlarni taqdim etayotgan zamonaviy dunyoda jinni bo‘lib qolmaslik yo‘lidir.

Ko‘pchilik bolalikdan “yoq” degan so‘zining qiymati yo‘qligi, hatto uni aytishni xayolga ham keltirib bo‘lmasligiga ko‘nib ulg‘ayadi:
• Hamma fanga qiziqish kerak.
• Berilgan har qanday ovqatni yeyish kerak.
• Qanday kiyib olib berilsa, shuni kiyish kerak.
• Hamma qarindoshlarni yaxshi ko‘rish kerak.

Umuman hayot, odamlar, yaqinlar nimani taklif qilsa, bersa, majburlasa – qabul qilish kerak, rad qilsangiz – sizni yomon ko‘rishlari yoki boshingizga balo kelishi mumkin (“noshukrlik” uchun jazoday).

Ammo hamma narsani yaxshi ko‘rishning iloji yo‘q.
Agar hamma narsani yaxshi ko‘rishga o‘rgatilgan bo‘lsangiz – demak o‘zingizni tinglamayasiz. Ayniqsa a’lochilar bundan ko‘proq qiynaladi. Har qanday fan, vazifa, taklifga roziligi o‘zi bilan muloqotga joy qoldirmaydi.

O‘zini tinglamaslik – jismoniy va ruhiy ehtiyojlarining ichidan muhimlarini (yoki umuman ularning borligini) farqlolmaslik hamda ularni keraklicha qondirolmaslikdir. Ehtiyojlar qondirilmas ekan, kuch ham bo‘lmaydi. Shuning uchun a’lochilar yo zaifgina bo‘ladi yoki maktab/universitetni bitirishi bilan hayotning oqimida yo‘qolib ketadi.

Oxirgi marta yoq deyolganingizdan xursand bo‘lgan paytingizni eslolasizmi?

@sarvinoz_omonova
2.0K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-02-04 19:07:34Hayotni yaxshilashga intilish yo‘qligi va ijtimoiy tarmoqlar

Bugun hayot sifatini oshirish uchun imkoniyatlar har doimgidan-da ko‘p bo‘lishiga qaramay, nega ko‘pchilik o‘zi istagan narsalarga erisholmaydi? Bir tomondan, psixik muammolar (ssenariylar, ustanovkalar, qo‘rquvlar, o‘zini yaxshi bilmaslik va hk.) yo‘l qo‘ymasa, yana bir sabab – ijtimoiy tarmoqlardir.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish – baxt gormoni ham deb ataluvchi dofamin neyromediatorining ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi. Dofamin – nima uchun kerak? Biror yoqimli maqsadga intilishingiz davomida sizda harakat istagini uyg‘otish uchun. Nimanidir qoyillatib bajarish, orzularingizni amalga oshirish, o‘zingiz xohlagan narsalarga erishish davomida dofamin ajralib chiqadi.
Ijtimoiy tarmoqlar dofamin olishning eng arzon yo‘lidir. Siz uchun yoqimli suratlar, videolar, postlarga yetish uchun hech qanday yoqimsiz harakat qilishga hojat yo‘q – bitta klik bilan istagan narsangiz paydo bo‘ladi. Natijaga erishish – yangi natijaga erishishga undaydi. Keyingi natija ham unchalik uzoqda emas – atigi bitta klikdan keyin. Shu tariq doimiy stimulyatsiya tuzog‘iga tushib qolamiz, bunda natijadan ko‘ra, unga yaqin ekanimiz bilan bog‘liq lazzat hissi muhim. Bu lazzat tufayli lentani aylantirishdan to‘xtash qiyin.
O‘yinlarga qaramlik, like’lar miqdorini tekshirishga o‘chlik kabilarning asosida dofamin tuzog‘i yotadi.

Endi hayotni yaxshilash istagi sustligi masalasiga qaytsak. Organizm eng oson yo‘lni qidiradigan tuzilma. Dofamin arzon yo‘l bilan bo‘lsa ham ishlab chiqarilyaptimi? Ha. Real hayotda qiyinroq maqsadlarga intilish xohishi esa susayadi.
Bugungi kunda odamlarda xavotir darajasining kuchayganini ham shunday izohlasa bo‘ladi: psixika (ongosti) real hayotdagi ahvol yaxshi emasligini bilib turadi, ammo vaziyatni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan dofamin boshqa yo‘lda sarflanyapti. Lentani aylantirishdan to‘xtash esa qiyin.

@sarvinoz_omonova
8.3K views16:07
Ochish/sharhlash