Get Mystery Box with random crypto!

Sarvinozdan chizgilar

Telegram kanalining logotibi sarvinoz_omonova — Sarvinozdan chizgilar S
Telegram kanalining logotibi sarvinoz_omonova — Sarvinozdan chizgilar
Kanal manzili: @sarvinoz_omonova
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.87K
Kanalning ta’rifi

• Ruhiy erkinlik
• Potensialni roʻyobga chiqarish
• Oʻzingga gʻamxoʻr munosabat haqida
Psixolog Sarvinoz Omonova
Kurs va treninglar: @sara_kurslar
Instagram: @sarvinoz_creator

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-28 15:52:07 Ertalablari nonushta paytida YouTube'dagi turkcha 'daire' kanalining videolarini tomosha qilishni yaxshi kóraman. Unda Turkiyadagi chiroyli ichki dizaynga ega uylarni egalarining hikoyasi yordamida kórsatishadi. Nafaqat kózlarim quvnaydi, balki shaxsiyati chiroyli insonlarni kórib ruhim yayraydi. Turkiyadagi intellektual, yuqori madaniyatli, ruhan yetuk insonlarni tanib boraman. Loyiha mualliflari ham shunday kishilarning uyini tanishtirishga e'tibor berishsa kerak.

Bugun Istanbulda yashaydigan, xotini reklamachi, eri strateg bólgan juftlikning uyi haqidagi videoni tomosha qildim (

)

Oshxona haqida gapirayotganda er aytyapti: "Deniz (xotini) ovqat qilishni yoqtirmaydi, yeyishga ham uncha qiziqmaydi. Shuning uchun ovqatlarni asosan ózim pishiraman. Oshxona meni makonim desam ham bóladi". Bu gaplarni iymanmasdan, ochiq va samimiy aytyapti.
Oshxonadagi bir javonga legolarni ham joylashtiribdi. "Yosh bola bólib kórinmasmikanman?" degan hadik yóq erkakda.

Yotoqxonani kórsatayotganda shkaf yoniga yaqinlashgan ayol: "Bu yerning ichi har doim tartibsiz bóladi. Doim shoshib yurganimiz uchun almashtirgan kiyimlarimizni taxlamaymiz odatda. Shunga eshiklarini ochmay qóya qolaylik" deb kuldi. Kórsatuv olinishidan oldin shkafini tartibga keltirib qóymayapti va shkafi tartibsiz ekani faktini yashirmayapti.

Uy ishlarini qilgani uchun egosi ópirilib tushmaydigan erkaklar, uy ishlarini qilishga xushi yóqligini yashirmaydigan ayollar, qaysi jinsga oid bólishidan qat'iy nazar óziga yoqqan ishni qilib, yoqmagan ishni qilmaydigan kishilardan iborat juftliklarni kórsam ichim yorishadi. Har narsaga "ayollarga xoslik / erkaklarga xoslik" prizmasidan qarash odamni charchatadi, munosabatlardagi hayot qonini quyultiradi. Egosi shishirilgan, salga sinishga moyil odam bilan yashash juda qiyin.

Turk tilida shunday kontentlarni bemalol iste'mol qila olishim xursand qiladi. Chunki gózal insonlar haqida kóproq bilish imkoniga ega bólaman. Yaqinda Yevropa tillaridan birini intizom bilan órganish niyatidaman. Menga til órganishda motivatsiya beradigan narsa — ruhlantiruvchi insonlar bilan suhbatlar. Tilini bilmagan mamlakatimga sayohat qilish — uning óndan birini ham his qilolmaslikday tuyuladi.
607 viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:55:47
Mushugimni sharofati bilan (tishlab uyg'otishlari sabab) tongda mana shunday manzaralarni kórish imkoniyatiga egaman.
718 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-08-27 18:09:28 Ajdodlaringizning ruhiyatida bólgan narsalar sizga ham ta'sir qilishi psixologiyada órganilgan narsa. Ya'ni ilmiylikdan tashqaridagi hodisa emas.

Ózi yaqin yillarda ajdodlarimni kim bólganini órganib yurgan edim. Serial sabab qiziqishim yanayam ortdi.

Serialdagi "ustoz"ni bir gapi bor: "Ajdodlaringni kechirish kerak emas. Kechirish — 'men sizlardan ustunman, shuning uchun marhamat qilyapman' deganidir. Hech kim birovdan ustun emas. Ayniqsa, sen ajdodlaringdan". Kechirish emas, qabul qilishni taklif qiladi u. Odamlarni na ustun kórish, na past kórishni, shunchaki ularga, ularning hayot tajribasiga real qarash va qabul qilishni.

Shu yerda qóshimcha qilaman: kimnidir qabul qilish — uning sizga yetkazadigan zarariga chidash, uni oqlash degani emas. U odamni qanday ekaniga real qarash va shunga kóra munosabatlar yoki muloqot borasida qaror chiqarish lozim. "Menga dars berish/rivojlanishim uchun taqdir jónatgan bu odamni" deya ózingni aldamasdan.

Serialga 9/10 ball qóydim. Tuba Büyüküstün'ning rol óynashi yoqmagani uchun bir ball kamaytirdim. Haliyam "Asi" serialidagi rolidan chiqolmaganday tuyuldi. Lekin chiroyiga mahliyo bólmaslik qiyin
795 viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2022-08-27 17:54:16
Turkiyada hozir juda kóp muhokamalarga sabab bólayotgan serial — "Zaytun daraxti" ("Zeytin ağacı")ni Netflixda chiqqan ilk kunlaridayoq kórib tugatgandim.

Aktrisa Tuba Büyüküstün qatnashgani uchun nima haqidaligini óqib ótirmay serialni boshladim. Va afsuslanmadim.

Uch dugonadan biri saratondan davolanayotgan bóladi va ahvoli yomonlashgach, Ayvalık shahridagi bir spiritual mashg'ulotlar ótkazadigan odamning oldiga borishga qaror qiladi. Qolgan ikkisi unga ham qóshilib borishadi va hammasining hayotida kutilmagan burilishlar boshlanadi.

Psixodramaga óxshash mashg'ulotlarda odamlar ruhiy muammolarini bólishadi. Boshlovchi ularga ota-onasi, ajdodlari haqida savollar, bu rollarni kimdir bajarishi uchun kórsatmalar beradi. Ruhiy muammolarning ildizini shajarangizdan topishingiz mumkinligini tushunasiz siz ham. Masalan, bobongizning otasi boshdan kechirgan og'ir travma sizning ham ruhiyatingizni zanjirlayotgan bólishi mumkin.
786 viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2022-08-26 20:44:16
A date with myself
842 views17:44
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:42:40 Ózbek uy bekalariga tavsiya

Zarilmi universitetga óqishga kirib? Ham óqib, ishlab, ham uy ishlarini qilish... Koshki bilim ololsangizlar shu univerlardan. Men univerda óqib, uy ishlaridan yaxshisi yóqligini anglayapman mana.

Hozir nimaga talab kóp? Tinchlantiruvchi, xotirjamlik beruvchi videolarga. Rivojlangan davlatlarni odamlari bezib bóldi kompaniyalarda ishlashdan, biznes yuritishdan, raqamlardan. Hammasi ishdan charchab keladi-da, internetda uy bekalarini qanday qilib uy ishlarini qilayotgani videosini tomosha qilib dam oladi.

Liziqi, nao degan YouTube kanallarga qarang. Kórishlar soni millionlab. Shunchaki uy ishlarini qilasiz, videoga olasiz, montaj qilib YouTube'ga joylaysiz. Tik-tok'ka joylang menday montaj qilishga erinchoq bólsangiz (Tik-tok ishlayaptimi ózi Ózbekistonda?)

Uyingizda estetika, minimalizm bólsa yanayam yaxshi. Eringizni moshinasini sotinglar. Turgan-bitgani xarajat. "Uyni gullatadigan xotin kerakmi yoki moshinami?" deb sórang. Baribir ózbek erkaklari birinchisi tanlaydi. Ikkinchisi juda qimmat chunki.

Moshinani puliga uyni remont qiling. Sifatli kamera sotib oling. Bitta mushuk boqsangiz yanayam yaxshi. Uy hayvonlari qatnashgan videolarni "prosmotr"lari kóproq bóladi

Keyin asaxiy.uz bilan hamkorlikni boshlaysiz. Tovarlarini reklama qilasiz videolaringizda. Mana blender oldim, mana changyutgich oldim, deb. Reklama orqali pul topishdan yoqimlisi bormi?

Videolarda ózingizni kórsatishingiz, ovoz chiqarib gapirishingiz ham shart emas. Shovqindan, mukammal gózallardan bezor ózi hamma (chirigan g'arb demoqchiman). "Ovozsiz video" janri bor — shunchaki ish qilayotganingizdagi ovozlar chiqib tursa bóldi, gapingiz bólsa, kadrlarga yozuvlar joylashtirasiz.

Xullas, kelajagi bor ish.

Uy ishlariga pul tólanmaydi, qadrlanmaydi, degan nolishlar — ótmish sarqiti. Muammongizga boshqa rakursdan qarang. Siz noliyotgan narsa — quvonch manbangizga aylanishi mumkin.

Ózim sinab kórmagan bólsam ham, tavsiya berishni qoyillataman.
1.5K views07:42
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:16:11
Instagramga yarim soat oldin qóygan mana bu videomni 5000 dan ortiq kishi kóribdi hozircha.

Tik-toker bólamanmi deymanov...
1.1K views07:16
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:27:58 My guilty pleasure:

Odamlar qanday qilib uyini tozalayotgani videolarni tomosha qilish
1.5K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-20 13:19:32 Bugun 21.00 da "Qayg'u hissi Soyaga aylanganda" nomli jonli efir ótaman.

Qayg'u hissini bostirish, undan qochishning oqibatlari haqida bóladi efir.

@soyam_bilan_tanishuv
1.5K views10:19
Ochish/sharhlash
2022-08-20 08:54:08
Yuzingizga qarab tashxis qóyadigan talabgir psixolog. Tavsiya qilaman. Juda kóp atamalarni biladi.

Tasavvur qiling. Siz kafeda ishlaringizni qilib ótiribsiz. Kimdir kelib, "Sizni kóp kóraman bu yerda. Yuzingizda alamzadalik seziladi. Pozitiv emassiz" deb qoldi. Ósha payti nima his qilasiz? Menda shok bólgan bólardi. Chunki bunaqa surbetlikka miyam tayyor bólmaydi. Ok, rostdan ham yuzingizda qayg'u hissi bilinib turar — lekin bu haqida begona odam, hatto yaqin bólmagan tanishlarning ham komment berish, tashxis qóyish, "nega shundaysan?" deb sórashiga haqqi yóq. Kafedami, internetdami — farqi yóq. Internetdagi shaxsiy chegaralar afsuski hammagayam tushunarli emas.

Shaxsiy chegaralarni himoya qilish shokdan keyin boshlanadi. Shunda ham, bunaqa betayinlardan "Buncha jahldorsiz. Hayotdan alamzadamisiz?" degan javob keladi.
1.6K views05:54
Ochish/sharhlash