Get Mystery Box with random crypto!

Sariq Dev

Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev S
Telegram kanalining logotibi sariqdev — Sariq Dev
Kanal manzili: @sariqdev
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.47K
Kanalning ta’rifi

Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-16 16:01:36
Toshkent Davlat Yuridik Universitetida "Sunʼiy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik" nomli doktorlik ishi himoyasida qatnashdim.

Bizda ham sunʼiy intellektning huquqiy tomonlari oʻrganib boshlabgani bu yaxshi yangilik. Muammolar juda koʻp, elementar mualliflik huquqidan boshlab, SI tomonidan berilgan yoki SI yordamida olingan xulosa uchun javobgarlik masalasi koʻp davlatlarda ochiq qolmoqda.

Masalan, oʻzi yurar avtomobil taksi odam urib ketsa, kim aybdor? Avtomobil ishlab chiqaruvchimi, dasturchimi, yoʻlovchimi yoki taksi kompaniya?

SI yordamida xato diagnoz qoʻygan shifokor javobgarlikni qisman dasturga yuklay oladimi?

Kelajakda SI alohida subyekt boʻlishi mumkinmi (jismoniy shaxs va yuridik shaxs qatorida, sunʼiy shaxs masalan)?

Bunday ochiq savollar SI rivojiga ham salbiy taʼsir qiladi, sababi, huquqiy javobgarlik mavhum boʻlib turganda SI xatolari uchun masʼuliyatni hech kim oʻz boʻyniga olgisi kelmaydi.

Xullas, hali huquqiy tomondan ham qilinadigan ishlar koʻp ekan.

Sizni fikringiz qanday, SI xatolari uchun kim javobgar?
6.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-03-15 12:41:55 GPT-4 ni GPT-3.5 dan qanday farqlari bor?

1. GPT-4 tasvirlarni koʻrishi va tushunishi mumkin

GPT-3 matn bilan cheklangan edi, ular oʻqish va yozish imkoniyatiga boʻlgan holos.
GPT-4 esa tasvirlarni ham tushinadi.
Yani rasmga qarab unga biror fikr bildira oladi, yoki rasmga qarab kod yozib berishi ham mumkin.

2. GPT-4'ni aldash qiyinroq
Chatbotlar toʻgʻri ishlayotganiga qaramay, ularni osongina alday olishgan.
misol: "yomon AI" nima qilishi yoki "yomon gaplarni" oʻrgatish.
GPT-4 juda koʻp zararli maslahatlar boʻyicha oʻqitilgan.

3. GPT-4 kattaroq xotiraga ega
GPT-3 da katta matnlar bilan ishlagan vaqtda chegara 4096 "token" boʻlgan.
u taxminan 8000 soʻz yoki kitobning taxminan 4-5 sahifasini tashkil qiladi.
GPT-4 tokenlarining maksimal soni 32 768 ni tashkil qiladi.
Bu taxminan 64 000 soʻz yoki 50 sahifali matnni tarjima qiladi.

4. GPT-4 koʻp tillik.
oldinlari ChatBotlar bilan gaplashishda ingliz tilida asosiy boʻlib kelgan.
GPT-4 esa yana 26 ta tilda katta ma'lumotlarini oʻrgatishni boshladi.
bu ingliz tilini bilmaydiganlar uchun ancha doʻstona boʻlishi mumkin.

5. GPT-4 turli xil "hissiyotga" ega
masalan: hamdard tinglovchi rolini oʻz zimmasiga olish yoki xavfli tinglovchi boʻlishi mumkin.

@botirziyatov
5.5K views09:41
Ochish/sharhlash
2023-03-15 06:10:35 1900-1990: Oʻqish-yozishni bilmagan odam savodsiz
1990-2000: Kompyuterda ishlashni bilmagan odam savodsiz
2000-2020: Internetdan foydalanishni bilmagam odam savodsiz
2025+ : Sunʼiy intellektdan foydalanishni bilmagan odam savodsiz

SI oʻzlarshtirib olishga 2 yil vaqtingiz bor

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
13.2K views03:10
Ochish/sharhlash
2023-03-15 05:53:27
Sunʼiy intellekt revolyutsiyasi men oʻylagandan ancha oldin boshlanib ketdi.
6.8K views02:53
Ochish/sharhlash
2023-03-14 15:48:23
YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin

Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va administratsiya sho’ba rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilingan. Shuningdek, koʻplab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olingan.

@alisher_sadullaev
6.3K views12:48
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:26:53 Day 46 90.0 1200 17034 #loser
3.6K views03:26
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:25:47 Day 46
90.0
1200
17034
#loser
3.6K views03:25
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:43:21 Yondirishda davom etamiz. Hasadchilarni esa ichi kuysin
5.5K viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2023-03-13 19:42:34
mohirai dasturining tez kunlarda ommaga taqdim qilinadigan imkoniyatlaridan biri bu - Oʻzbek tilidagi videolarni bir zumda Ingliz yoki Rus (va boshqa chet) tillariga dublyaj qilish funksiyasi.

mohirai jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan yuqori aniqlikdagi STT modeli O’zbek tilidagi audioni matnga o’tkazadi. Chet tilidagi matnlarni oʻqish uchun esa Google TTS xizmatidan foydalanildi.

Tez kunlarda esa mohirai TTS yordamida Ingliz tilidagi videolarni ham bemalol Oʻzbek tilida tinglash imkoni qoʻshiladi.

Bizni kuzatib boring.

Web | Telegram | YouTube
5.0K views16:42
Ochish/sharhlash
2023-03-13 13:23:02
Mohirdev tomonidan dasturlash sohasini o'rganayotganlar uchun ajoyib yangilik.

"Dasturlash bo'yicha savol-javob kodeksi"

Bu qo'llanma dasturlashni endi o'rganmoqchi bo'lganlar, sohaga yangi kirganlar va umuman dasturlash bilan shug'ullanuvchi bo'lgan hammaga qiziqarli va foydali bo'ladi, deb o'ylaymiz.

Qo'llanma foydali bo'lsa, yaqinlarga ulashasiz degan umiddamiz.

Yuklab olish
2.3K views10:23
Ochish/sharhlash