Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent Davlat Yuridik Universitetida 'Sunʼiy intellekt doira | Sariq Dev

Toshkent Davlat Yuridik Universitetida "Sunʼiy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik" nomli doktorlik ishi himoyasida qatnashdim.

Bizda ham sunʼiy intellektning huquqiy tomonlari oʻrganib boshlabgani bu yaxshi yangilik. Muammolar juda koʻp, elementar mualliflik huquqidan boshlab, SI tomonidan berilgan yoki SI yordamida olingan xulosa uchun javobgarlik masalasi koʻp davlatlarda ochiq qolmoqda.

Masalan, oʻzi yurar avtomobil taksi odam urib ketsa, kim aybdor? Avtomobil ishlab chiqaruvchimi, dasturchimi, yoʻlovchimi yoki taksi kompaniya?

SI yordamida xato diagnoz qoʻygan shifokor javobgarlikni qisman dasturga yuklay oladimi?

Kelajakda SI alohida subyekt boʻlishi mumkinmi (jismoniy shaxs va yuridik shaxs qatorida, sunʼiy shaxs masalan)?

Bunday ochiq savollar SI rivojiga ham salbiy taʼsir qiladi, sababi, huquqiy javobgarlik mavhum boʻlib turganda SI xatolari uchun masʼuliyatni hech kim oʻz boʻyniga olgisi kelmaydi.

Xullas, hali huquqiy tomondan ham qilinadigan ishlar koʻp ekan.

Sizni fikringiz qanday, SI xatolari uchun kim javobgar?