Get Mystery Box with random crypto!

Sardor Dushamov | PHP forever

Telegram kanalining logotibi sardoroga_blog — Sardor Dushamov | PHP forever S
Telegram kanalining logotibi sardoroga_blog — Sardor Dushamov | PHP forever
Kanal manzili: @sardoroga_blog
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.29K

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-07 11:48:37 Yaxshi eksperiment qilishgan ekan. Nega meni oldimdan shunaqalar chiqmaydi ekan a?! $20 ishlavolardim



1.5K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:50:28 «Islom to'g'ri o'rganilsa, hamma zamonga mos keladi» — 13 yoshida qori bo'lgan olim bilan suhbat!

Buni ko'rmasa bo'lmas ekan, ayniqsa yangi otalar, onalar ko'rishi kerak ekan.

Havola:

1.8K views05:50
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:03:38
Siz dasturlashni noto’g’ri o’rganyapsiz

Yaqinda bir nechta bo’lajak dasturchilar bilan gaplashganimda o’rganish rejalari haqida so’radim. Ular tahminan quyidagicha javob berishdi:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Intermediate kitob/kurs tugataman.
3. Advanced kitob/kurs tugataman.
4. Biror loyiha qilaman yoki ishga kiraman.

Muammo shundaki, siz ming advanced kitob o’qiganingiz bilan darajangiz advanced bo’lib qolmaydi. Huddi kachok bratlarni zalda trenirovka qilayotganini tamosha qilish orqali o’zingiz kachok bo’la olmaganingiz kabi.

O’zingiz amaliyot qilmagingizgacha o’zgarish juda juda sekin bo’ladi.

Reja tahminan quyidagicha bo’lishi kerak:

1. Beginner kitob/kurs tugataman.
2. Kichik loyiha qilaman.
3. Intermediate kitob/kurs tugataman.
4. Kattaroq loyiha qilaman.
5. Qiyinroq loyiha qilaman.
6. Yanada qiyinroq loyiha qilaman.
7. Undanda qiyinroq loyiha qilaman.
8. Va hokazo.

Advanced levelga faqat shunday qilib chiqasiz.

@jakhonrakhmonov
1.5K viewsedited  08:03
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:01:40
Dollar ($) ham PHPga o'xshaydi. Hamma uni qulashini, o'lishini xohlaydi. Gigantlar birlashib yiqitishmoqchi bo'lishida, lekin foydasi yo'q.

PHPni ham ana quladi, ana o'ladi deyishadi, qaytanga kunda kun yosharib boryapti. $ ham kundan kun qadri oshyapti.

Rasmdagi davlat rahbarlari birlashib $ dan voz kechamiz deyishibdi. Mayli kechinglarchi, ko'ramizda. Bu xuddi dasturlash tillar yig'ilib PHPni yo'q qilamiz degandek

PS: $ belgisi bekorga PHPda asosiy belgi emas, tagida chuqur ma'no bor)

Endi topinglarchi, China qaysi til va Putler, ee uzr Putin qaysi til?
2.3K viewsedited  11:01
Ochish/sharhlash
2023-04-03 13:53:09 Yaqin kunlarda hammayoqni $$$larga va $$$chilarga to'ldiramiz!

Tez kunlarda!
BOOOM bo'ladi
1.8K views10:53
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:30:22
Olamni go'zalligini qarang. Toshkent moyka qilindi. Bahor kelib hammayoq yashil bo'lgan ekan, bilmay yurgan ekanmiz
2.5K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-01 15:20:37 Til tanlayvermaslik haqida Jahongir aka yaxshi fikr yozibdi.

1 haftacha bo'lmadi hali, o'zimizni ishxonada, kandidatlarni saralash uchun berilgan vazifani bajarganligini tekshirishni boshladik. Bitta kandidat, biz so'ragan tilda emas, boshqa tilda bajarib kelibdi. Asosiysi bajargan, kodlari ham yomon emas. Bu tilda qildimi, demak narigisida qilish u uchun muammo emas degan qaror qildik. Suhbatga chaqiradigan bo'ldik.
https://t.me/jakhonrakhmonov/415
2.0K views12:20
Ochish/sharhlash
2023-03-31 20:09:16 Sun'iy ong ishingizni tortib olmaydi, balki undan oldin fikrlashingizni tortib oladi.
1.8K views17:09
Ochish/sharhlash
2023-03-31 19:48:33
Meni otam 30 yildan ortiq ekonomist bo'lib ishlagan. Hisob kitob bo'yicha tajribasi katta. Avvallari uyda manashu matoq bo'lar edi. Uyda ishlagan paytlarida taqur-tuqur qilib nimadirlarni hisoblab yozar edi, aniq esimda. Lekin man tushunmasdim.

Avvallari bu narsani ko'pchilik o'rgangan. Hozirda buni pulga o'rgatishadi, "mentalnaya arifmetika" deb. Yuqoridagi fikrlarga men ham qo'shilaman. Hozirda "kallada" hisob kitob qila oladiganlar kamayib boryapti, buni xohlagan do'konlarga kirib ko'zingiz bilan ko'rishingiz mumkin. Kalkukyator turganda nima zarur dersiz? Xattoki eng yaqinlarimizni telefon nomerlarini ham eslab qolmaydigan bo'lib qoldik, chunki, telefonda kontaktlar bor. Oldin har bir uyda telefon kitob bo'lardi. Qidirib telefon qilinardi. O'ylashga, fikr qilishga ham o'rin qolmayapti bu chatgpt bilan. Bora bora oddiy narsalarni, maktabda o'rgatiladigan narsalarni ham o'rgatadigan pullik kurslar chiqib ketsa kerak. Tasavvur qiling, qo'lda, qalamda yozish bo'yicha olimpiada. Karra jadvalini o'rgatish kursi.

Ehh bu fikrlarni oxiri yo'q. Bir safar yaxshi taraflari ko'pku deb qolaman bu chatgptni, bir safar havflari haqida o'ylab, qo'rqib ketadi odam. Bo'pti chalg'imaymiz
1.8K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-03-31 19:34:19
Qarang…

1988-yilda matematika oʻqituvchilari va boshlang’ich sinf ustozlari kalkulyatorga qarshi norozilik bildirib namoyishga chiqqan ekan.

O’sha payt yoshlarning bilimini qay ahvolga kelishini sezgan boʻlishsa kerak…

Mana hozir biror joyda jamoviy ovqatlansa umumiy 160 000 so’m to’lov kelsa, 4 kishiga qanchadan tushishini bilishga darrov telefonidagi kalkulyatorga yopishadigan avlod paydo bo’ldi.

Yaponiya, Koreya va Xitoy kabi mamlakatlar hozir qadimda hisoblashda keng foydalanilgan abakusda hisoblashni ta’limga qaytarishga urinishmoqda.

2023-yilda o’qituvchilar endi ChatGpt’ga qarshi namoshish o’tkazsa kerak.

Bu sun’iy intellektga asoslangan texnologiya kalkulyatorlarga qaraganda ming karra xavfliroq.

Chunki ChatGPT insonlardan fikrlash va o’ylash kabi qobiliyatlarni tortib olmoqchi…

Abdulloh Karimov sahifasidan
2.6K views16:34
Ochish/sharhlash