Get Mystery Box with random crypto!

​Tarixdagi eng omadli odam 'The Daily Telegraph' jurnaliga ko | Tarixlar sarasi

Tarixdagi eng omadli odam

"The Daily Telegraph" jurnaliga ko'ra, eng omadli inson xorvatiyalik Frane Selakdir.


1962-yilda u relsdan chiqib ketgan va daryoga qulagan poyezd ichida edi. 17 kishi halok bo'ldi, ammo Selak qirg'oqqa chiqishga muvaffaq bo'ladi.

1963-yilda u DC-8 samolyotidan parvoz paytida tasodifan eshik ochilganda qulab tushadi. Samolyot ham qulab tushadi, 19 yo'lovchi halok bo'lgan, ammo Frane shundayam omon qoladi.

1966-yilda u minib ketayotgan avtobus daryoga qulab tushadi, ammo u qirg‘oqqa suzib chiqishni uddalaydi.

1970-yilda u benzin baki portlashidan bir lahza oldin alanga olgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo'ladi.

1973 yilda u benzinni to'g'ridan-to'g'ri issiq avtomobil dvigateliga purkagan yonilg'i nasosining nosozligi tufayli boshidagi deyarli barcha sochlarini yo'qotadi.

1995-yilda uni avtobus urib yuboradi, biroq u kichik jarohatlar bilan omon qoladi.

1996-yilda u tog'li yo'ldan mashinada chiqib ketadi, lekin mashinadan sakrab tushishga muvaffaq bo'ladi. U qulash vaqtida ushlab qolgan daraxt uni jonini asrab qolgan.

2003-yilda u hayotida birinchi marta lotereya chiptasini sotib oladi va 600 000 funt sterling yutib oladi.

@SARA_TARIX | Eng sara maʼlumotlar