Get Mystery Box with random crypto!

'Zakovat Quiz' endi XORAZMDA!!! Xorazmlik bilimdonlar uchun | Tarixlar sarasi

"Zakovat Quiz" endi XORAZMDA!!!
Xorazmlik bilimdonlar uchun ajoyib yangilik! Xozirda eng ommalashib borayotgan "Zakovat Quiz" o'yini juma kuni, ya'ni 11 - noyabr kuni Xorazmda ham o'tkaziladi!

Habaringiz bor ushbu haftadan "Zakovat Quiz" turnesi start olgan edi!

"Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan turnening birinchi haftasida Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatlarida "Zakovat Quiz" o‘yinlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlarda Respublikamizni eng kuchli bilimdonlari boshlovchi va mehmon sifatida qatnashishi turnir saviyasini yanada yuqori darajaga ko'targani ayni haqiqat!

Xorazmda bo'lib o'tadigan "Zakovat Quiz" turnirida boshlovchi sifatida barchaning eng sevimli bilimdonlaridan biri bo'lgan Saidakrom Rasulev tashrif buyuradilar!

Agar siz intellektual o'yinlarga befarq bo'lmasangiz, kino, musiqa va boshqa sohalarga qiziqsangiz, oqshomni kuchli adrenalinga boy va ajoyib do'stlar davrasida o'tkazmoqchi bo'lsangiz, kuchli bilimdonlar orasida bo'lishni xohlayotgan bo'lsangiz ushbu turnir aynan siz uchun!

Ushbu turnirda qatnashish uchun albatta ro'yhatdan o'tishni unutmang!
Ushbu turnirda siz jamoa sifatida yoki yakka tartibda ro'yhatdan o'tib qatnashishingiz mumkin. Jamoa tarkibida 6-8 nafar ishtirokchi bo'lishi tavsiya etiladi.

Jamoa sifatida ro'yhatdan o'tish uchun ushbu Google Formani to'ldiring (faqat jamoa sardori to'ldiradi):
https://forms.gle/D6Gpq662wjfFPjJK7

Yakka tartibda ro'yhatdan o'tish uchun ushbu Google Formani to'ldiring:
https://forms.gle/7bkiomtvveW4mZDQ9

Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Royhatdan o'tish muddati 10 noyabr soat 23:59 gacha!

Turnir bo'ladigan joy: UrDU binosi.

O'yin bo'ladigan vaqt 11 noyabr soat 18:00

Turnirda qatnashish mutlaqo BEPUL!!!

"Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati bo'limi kanali: @ZakovatNNT