Respublika bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchi | SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB
Respublika bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh avlodda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish, ularda og‘zak va yozma nutqni rivojlantirib, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 5-yanvardan 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) “Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
Tanlov shartlari bilan quyidaginizom orqali tanishing!
Qadrli kitobxon o‘quvchilar! O‘z ijodiy ishlaringizni quyidagi adminlarga yuborishingiz so‘raladi! @Farangiz_Yusupova va @RBKFeruza
Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi Yosh kitobxonlar sahifasida e’lon qilib boriladi.
Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!