Get Mystery Box with random crypto!

SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB

Telegram kanalining logotibi sar35_maktab — SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB S
Telegram kanalining logotibi sar35_maktab — SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB
Kanal manzili: @sar35_maktab
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 185
Kanalning ta’rifi

sᴀʀɪᴏsɪʏᴏ ᴛᴜᴍᴀɴɪ 35-sᴏɴʟɪ ᴜᴍᴜᴍᴛᴀ’ʟɪᴍ ᴍᴀᴋᴛᴀʙɪᴅᴀ ᴛᴀ’ʟɪᴍ sɪꜰᴀᴛɪɴɪ ᴏsʜɪʀɪsʜ ᴍᴀǫsᴀᴅɪᴅᴀ ᴀᴍᴀʟɢᴀ ᴏsʜɪʀɪʟᴀʏᴏᴛɢᴀɴ ɪsʜʟᴀʀɪ ᴛᴏ‘ɢ‘ʀɪᴅᴀɴ ᴛᴏ'ɢ'ʀɪ ʏᴏʀɪᴛɪʙ ʙᴏʀɪʟᴀᴅɪ!
Facebook: https://facebook.com/groups/439737210331198/
Telegram : @sar35_maktab

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-11 05:39:11
Расмий хабар

Сурхондарё вилоятидаги барча умумтаълим мактабларида эртага, яъни 11 январь кунидан анъанавий шаклда дарслар бошланиши маълум қилинади.

Термиз шаҳар ва туманлар ҳокимликлари, ҳудудий Штаблар томонидан Халқ таълими бошқармаси ҳамда таълим муассасалари билан ҳамкорликда мактабларнинг иситиш тизимини барқарор ишлашини таъминлаш бўйича зарур чоралар кўрилади.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
21 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 02:39
Ochish/sharhlash
2023-01-10 18:21:20 Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
49 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 15:21
Ochish/sharhlash
2023-01-10 07:45:03 Channel name was changed to «SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB»
04:45
Ochish/sharhlash
2023-01-10 07:44:33


ONLAYN SPORT TANLOVI 

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun sport tanlovini e’lon qiladi!

I. SHARTLARI QANDAY

BU JUDA ODDIY

Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini video tasvirga
(3 daqiqadan oshmasligi talab etiladi) olgan holda 2023-yil 9-17 yanvargacha  @t.me/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur.

II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan, belgilangan daqiqadan oshmagan holda yuborilgan  video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.me/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan  g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.
 
III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
O‘quvchining F.I.O
Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab raqami

Quyidagilar taqiqlanadi.
  Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
  Bitta o‘quvchi tomonidan bir necha videorolikni yuborish.
Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
71 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 04:44
Ochish/sharhlash
2023-01-10 07:43:50 Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab (10-yanvar)
6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
61 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 04:43
Ochish/sharhlash
2023-01-07 17:35:33
Ota-onalarga muhim eslatma

Kanalga obuna bo‘lish
@domlajon
85 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 14:35
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:07:29 #Hikmat_Izlab

Фарзандларимиздан вақтимизни ҳам, меҳримизни ҳам аямайлик!

Ҳикоя номи: Ота вақти
Давомийлиги: 02:24 дақиқа

Каналга уланиш
113 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 12:07
Ochish/sharhlash
2023-01-05 19:41:05 11-sinfda o‘qib turib universitetga hujjat topshirsa boʻladimi ?

Ha, albatta bo‘ladi

IDU Xalqaro IT universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga taklif qiladi.

Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi

2022-yilning dekabr oyida imtihon topshirishga ulgurmagan bo’lsangiz mana sizga yangi yilda yangi imkoniyat.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havola ustiga bosing!
117 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 16:41
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:44:33 Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
83 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 14:44
Ochish/sharhlash
2023-01-05 06:33:30



Respublika bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yosh avlodda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish, ularda og‘zak va yozma nutqni rivojlantirib, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida 5-yanvardan 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) “Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishing!

Qadrli kitobxon o‘quvchilar! O‘z ijodiy ishlaringizni quyidagi adminlarga yuborishingiz so‘raladi! @Farangiz_Yusupova va @RBKFeruza

Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi Yosh kitobxonlar sahifasida e’lon qilib boriladi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
96 views𝑨𝒔𝒐𝒎𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑿𝒖𝒅𝒐𝒚𝒌𝒖𝒍𝒐𝒗, 03:33
Ochish/sharhlash