Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.24K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-16 07:44:08
Videoning to‘lig‘i ushbu havolada:





@sanjar_xoja
6.4K views04:44
Ochish/sharhlash
2023-04-15 15:14:31
Videoning to‘lig‘i uchun havola:





@sanjar_xoja
6.7K views12:14
Ochish/sharhlash
2023-04-15 07:18:58
Deputatlar qanday saylanadi?
Hokimlar qanday tasdiqlanadi?
Hukumat qanday shakllanadi?

Hammasi haqida to‘liq:




@sanjar_xoja
3.3K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-04-14 17:56:56
Juda soddasiz-da, do‘stlar!
Ishdan ketdi, deb hursand bo‘ldingizmi?

-Paxtani zo‘r qo‘ysa,
-Chemodanni vaqtida uzatsa,
-Saylov va referendumda "ovozlar plani"ni bajarsa...

Nega ishdan olinadi?
Xalq uchunmi?
Juda soddasiz-da, do‘stlar!

@sanjar_xoja
7.6K views14:56
Ochish/sharhlash
2023-04-14 02:48:31
Assalomu alaykum
Marhamat, siz uchun pozitiv video!

Siz bilan nimalarni qilganimiz haqida. Dunyoning har yerida turib, birlashganimiz haqida.

Havola:




@sanjar_xoja
4.8K views23:48
Ochish/sharhlash
2023-04-12 18:42:36
Qadimgi yunonda odamlar bir joyga yig‘ilgan. Turli mavzularni muhokama qilishgan.

Kunlarning birida minbarga yoshi ulug‘ inson chiqadi. Muhim masalada nutq qiladi. Lekin odamlar eshitmaydi. O‘zaro gaplashib o‘tiradi.

Shunda faylasuf:
-Odamlar, sizga bir hikoya aytaman. Keyin minbardan tushaman, debdi.

Hamma unga qarabdi. Eshak soyasi haqidagi hikoyani aytishni boshlabdi. Hikoyani o‘rtasiga kelganda, indamasdan minbardan tushib ketibdi.

Odamlar "keyin nima bo‘ldi, keyinchi", deb shovqin qilibdi. Shunda faylasuf:

-Shuncha muhim mavzuni aytdim, qaramadingiz. Kelajagimizdan ko‘ra sizga eshakni soyasi qiziqmi?, debdi.

Bugun "eshak qulog‘i" hikoyasiga qiziqqanlar uchun ibrat maqsadida yozdim.

Ramazon fayzli o‘tsin!

@sanjar_xoja
4.2K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-04-11 13:22:10
Abdulla Qodiriyni taniymizmi?

Savodsiz Yo‘ldosh Oxunboboyevga yuqori mansab berildi. U O‘zbekistonga amaldor bo‘ldi.

Shu sababli 31 yoshli Abdulla "Eshakka papka berildi" nomli maqola yozdi. Keyin Oxunboboyev minbarga chiqib, jadidlarni "g‘alamis" deb aytdi.

Amaldorlar Yangi Sovet O‘zbekistoni derdi. Islohot va adolat so‘zidan foydalanib xalqni aldardi.

32 yoshli Abdulla amaldorlarni tanqid qildi. Maqolalar yozdi. Natijada, bir necha oyga qamaldi.

Savol, Qodiriy hozirgi davrda yashasa nima qilardi?

Ham amaldorlarni sevib, ham Qodiriyni bobom deb yurganlar yo uni tanimaydi, yo ikkiyuzlamachi.

Yana bir ma'lumot.
Taxtapullik tabib 43 yoshli Abdullaga xabar beradi, "Bu yerdan keting. Sizni ham qamashadi". Qodiriy ketmaydi. "Meni aybim yo‘q-ku, nega ketay?" deydi. Ya'ni o‘limni bo‘yniga olib, vatandan ketmadi, degan gap safsata.

Shunchaki, qonun ustuvorligiga, bir yil oldin o‘zgargan konstitutsiyaga ishondi. Hammasi Inson qadri uchun deb ishondi. Va qamaldi, otildi.

Qodiriyni taniymizmi?

@sanjar_xoja
6.0K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:14:32
129 yil oldin Abdulla Qodiriy tug‘ilgan edi...

To‘liq video:




@sanjar_xoja
2.1K views09:14
Ochish/sharhlash
2023-04-10 04:13:53
Sarguzashtga va tarixga qiziqasizmi?

Sizga "Sayohatnoma" kitobini tavsiya qilaman. 700 yil avvalgi dunyo haqida qiziqarli ma'lumotlar bor.

1300-yillarda Xorazm haqida shunday yozilgan:

"Butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohatimda men xorazmliklardan ko‘ra xushxulq, olijanob, mehmondo‘st odamlarni uchratmadim.

Ular namozni shunday tartibga rioya qilib o‘qiydilar:

Har bir muazzin o‘z masjidi yonida joylashgan xonadonlarni aylanib chiqib, namoz vaqti bo‘lganidan xabardor etadi. Kimki jamoat namozida qatnashmasa, imom ularni jamoat huzurida jazolaydi. Buning uchun har bir masjidda qamchin osig‘liq turadi".

"Sayohatnoma", 359-sahifa.
"Sharq" nashriyoti. Toshkent, 2012-yil.

@sanjar_xoja
5.2K views01:13
Ochish/sharhlash
2023-04-09 15:32:36
Bu fikrlar bloggerlarning dardi.

@sanjar_xoja
6.5K views12:32
Ochish/sharhlash