Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘shning tinch-sen tinch: “Obod va xavfsiz mahalla”ni birgali | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Qo‘shning tinch-sen tinch: “Obod va xavfsiz mahalla”ni birgalikda yaratamiz

Bulung‘ur tumanidagi madaniyat saroyida o‘tgan muhokamada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish choralari yuzasidan so‘z yuritildi.

Muhokamada tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, mahallalardagi “beshlik” vakillari hamda ularning tuman darajasidagi rahbariyati ishtirok etishdi.

Muhokama davomida yoshi va jinsidan qat’iy nazar aholining alohida e’tibor talab qiluvchi qatlami bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tushunchalar berildi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli “bir yoqadan bosh chiqarib" harakat qilishlari lozimligi ta’kidlandi.

Kanalimizga qoʻshiling

https://t.me/samiibuz