Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar muammolarini o'rganish davom etmoqda Probatsiya nazor | Samarqand IIB | Rasmiy kanal

Yoshlar muammolarini o'rganish davom etmoqda

Probatsiya nazoratida turuvchi, harakatda imkoniyati cheklangan, surunkali kasalligi mavjud, xorijiy migratsiyadan qaytgan jami bo'lib 130 nafar yoshlar Pastdarg‘om tumani IIB boshlig‘i M.Kuziyevga biriktirilgan.

3-sektor rahbari ushbu yoshlar va ularning ota-onalari bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazib, muammo va takliflari tinglanmoqda. Shunday uchrashuvlarning navbatdagisi 3-sektor shtabida o'tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta'minlash, kontrakt to'lovlari, subsidiya, dehqonchilik uchun yer olish, kredit olish kabi masalalari tinglandi.

Shundan so'ng kelib tushgan murojaatlarni o'rganish maqsadida sektor rahbari xonadonlarga tashrif buyurdi. Mas’ullarga murojaatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Kanalimizga qo‘shiling

https://t.me/samiibuz