Get Mystery Box with random crypto!

SamDU akademik litseyi | rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi samdualuz — SamDU akademik litseyi | rasmiy kanal S
Telegram kanalining logotibi samdualuz — SamDU akademik litseyi | rasmiy kanal
Kanal manzili: @samdualuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 789

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-03-18 13:53:23 Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar!

2023-yil, 18-mart kuni Samarqand davlat universetiti akademik litseyi hamda Samarqand shahar “Oqsaroy” va “Istiqbol” mahallalari hamkorligida «Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti prorektori, professor Soleyev Ahmadjon Soleyevich ochib berdi.
Bayram tadbiri arqon tortishish, arg’imchoqda sakrash, turnikka tortinish, armrestling, stol tennisi, shahmat va shashka kabi sport musobaqalari bilan davom etdi. Musobaqa so’ngida g’olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
270 views10:53
Ochish/sharhlash
2023-03-18 13:37:05
Vaqtingizni va bir-biringizni qadrlang qadrdonlar!!!
267 views10:37
Ochish/sharhlash
2023-03-10 13:10:12
Omadli insonlar!

Agar bugun ertalab sog' - salomat uyg'ongan bo'lsangiz dunyodagi 7 mlrd, 916 mln insondan baxtliroq ekansiz!

Agar bu tongni tanda dardsiz kutib olgan bo'lsangiz ayni damda 1.2 mlrd insondan omadliroqsiz!

Urush taxlikasi va xavf - xatarsiz, hayotingizga tahdidsiz kun kechirayotgan bo'lsangiz 500 mln insondan erkinroq ekansiz!

Cho'ntagingizda pulingiz bo'lsa dunyodagi omadi kulgan 1 mlrd insondan birisiz!

Ota - onangiz, turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringiz yoningizda, oilangiz ahil bo'lsa siz dunyodagi noyob insonlar qatoridasiz!

Bergan ne'matlariga yaratganga shukur ayting! Doimo salomat bo'lingizlar!!
234 views10:10
Ochish/sharhlash
2023-03-03 11:47:05
Xotin-qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual turnirining Samarqand viloyat hududiy saralash bosqichida akademik litseyning o’quvchi va o’qituvchi xotin-qizlardan iborat SamDU AL jamoasi faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Akademik litsey jamoasi ushbu yutuq bilan jamoa a’zolarini tabriklaydi, Respublika bosqichida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishida omad tilab qoladi.
339 views08:47
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:44:51
Zulfiya- vafo va sadoqat timsoli
1-mart – taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun. Akademik litseyning axborot resurs markazida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmatova Dilfuza 108-guruh o’quvchilari bilan "Zulfiya- vafo va sadoqat timsoli" mavzusida tadbir o’tkazdi. Tadbirda o'quvchilar shoiraning she'rlarida namunalar ijro etishdi.O'quvchilar tomonidan ijro etilgan Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon dialogi qatnashuvchilarda katta taassurot uyg'otdi.Tadbirda xotin-qizlar kengashi boshlang'ich tashkiloti rahbari M.Janzoqova, yoshlar yetakchisi Sh.Abdullayeva, kutubxona mudiralari va o'qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbir so'nggida ARM rahbariyati tomonidan o'quvchilarga esdalik sovg'alar topshirildi.
229 views06:44
Ochish/sharhlash
2023-02-22 16:50:01
Samarqand viloyatidagi akademik litseylarida namunali faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisiga ovoz beramiz

So'rovnoma 27-favral soat 20:00ga qadar davom etadi.

OVOZ BERISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLANI BOSING OVOZ BERISH

Ijtimoiy sahifalarimiz
Telegram | Instagram |Facebook
266 views13:50
Ochish/sharhlash
2023-02-20 16:16:22
Telegram | Facebook
240 views13:16
Ochish/sharhlash
2023-02-18 10:07:05
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti akademik litseyida voyaga yetmaganlar hamda o’quvchi-yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish va gender tengligini tushuntirish maqsadida “Senda har doim to’g’ri tanlov bo’ladi”, “Xotin qizlarga zo’rovonlik millatga zo’ravonlik” shiorlari ostida mas'ullar tomonidan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida akademik litsey o'quvchilariga xotin-qizlarning gender tengligi buzilganligi, mobil qurilmalardan noto’gri maqsadda foydalanish oqibatlari, turli aldovlar komiga tushib qolganlar qismati aks etgan videroliklar qo'yib berildi. Ishonamizki Ichki Ishlar xodimlari tomonidan taqdim etilgan ushbu videoroliklar o’quvchilarimizni to’g’ri tanlov qilishlarida albatta yordam beradi.
216 views07:07
Ochish/sharhlash
2023-02-16 07:11:14
QUTLOV!!!
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyining aniq fanlar yo'nalishi 105-guruh o'quvchisi To'xtayeva Oydinoy Faxriddin qizi "Yosh kitobxon" ko'rik tanlovining Jomboy tuman bosqichida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanma oldi. Akademik litsey jamoasi o'quvchimizni viloyat bosqichida faxrli o'rinlarni egallashida omad tilaydi.
Akademik litsey jamoasi.
121 views04:11
Ochish/sharhlash
2023-02-14 06:57:58
Sharof Rashidov nomidagi SamDU akademik litseyida "Ulug' siymolarga munosib farzand bo'laylik" shiori ostida ikki buyuk siymo Hazrati Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud kunlariga bag'ishlab katta tadbir o'tkazildi. Bunda Navoiy va Bobur asarlari asosida tayyorlangan sahna ko'rinishlari tashrif buyurgan mehmon va o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
215 views03:57
Ochish/sharhlash