2023-04-26 13:18:06
26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
QUSHLAR HAM YIGʻLAR
Terlar oqdi suv boʻlib bizdan
Va gursillab yiqildi terak...
Aka, bizning qilmishimizdan
Tunda qushlar yigʻlasa kerak.
Ona chumchuq aylanib ketmas,
Koʻngliga qil sigʻmasa kerak.
Eski indan tashib borib xas,
Yangi inda yigʻlasa kerak.
Baland boʻlar uyimiz togʻdek,
Ayvonida ustun ul terak.
Biz yasharmiz koʻnglimiz chogʻdek,
Shunda qushlar yigʻlasa kerak...
Muhammad YUSUF,
Oʻzbekiston xalq shoiri.
262 views10:18