Get Mystery Box with random crypto!

AXBOROT XIZMATI

Telegram kanalining logotibi samdchtijamoasi — AXBOROT XIZMATI A
Telegram kanalining logotibi samdchtijamoasi — AXBOROT XIZMATI
Kanal manzili: @samdchtijamoasi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.73K
Kanalning ta’rifi

Jurnalistga murojaat
👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot
Reklama
👉 @reklama_talablari

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:20:31 DIQQAT_MUHIM

Haydovchilik guvohnomasiga arzon narxda ega bo'ling!

O'qishga marhamat, endi sizda qulay imkoniyat mavjud. Haydovchilik guvohnomasiga arzon narxda ega bo'lishingiz mumkin. Narxlar aynan Siz uchun mos qilib belgilangan. Haydovchilik guvohnomasining barcha turdagi toifalari mavjud.

“B” toifadagi guvohnomaning narxi – 1 200 000 ming. O'qish muddati 2 oy.
“BC” toifadagi guvohnomaning narxi – 1 600 000 ming. O'qish muddati 3 oy.

Talablarga qarab boshqa toifadagi haydovchilik guvohnomalari ham beriladi. To'lovlarni bo'lib-bo'lib to'lashingiz ham mumkin. O'zingizga qulay bo'lgan vaqtni tanlaysiz. O'qitish joyi Samarqand shahrida.

Siz quyidagilarni topshirgach, o'qishni boshlaysiz.
Pasport nusxasi
3 x 4 rasm 4 dona
600 ming boshlang'ich to'lov

Shoshiling, qabul boshlangan, joylar esa chegaralangan. Sizlar malakali mutaxassislardan amaliy hamda nazariy jihatdan tajriba olasiz. Bu imkoniyatdan foydalanib qolishingizni tavsiya etamiz.

Eslatma: To'lovlarni va hujjatlarni onlayn topshirsangiz ham bo'ladi. To'lovni Clik va Peymey orqali qilsangiz bo'ladi.

Batafsil ma'lumot:
@avto_trans
2.2K views18:20
Ochish/sharhlash
2021-02-13 17:41:16
#Zahiriddin

SamDCHTI rektori Ilxomjon Tuxtasinov Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqi

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
1.6K views14:41
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:22:54 #Zahiriddin

SamDCHTIda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 13-fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavulludining 538 yilligi munosabati bilan “Bobur kabi seving vatanni” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Roman-german tillari fakulteti “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusida tashkil etildi.

— “Bobur asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinishi tahsinga sazovor. Ingliz tilida Bobur hayoti va ijodini o‘rganish uchun talaygina maxsus monografiyalar yaratildi. Len Poolning “Bobur” va Xarold Lembning “Bobur yo‘lbars” nomli kitoblari shular jumlasidandir, – deydi institut rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib berishdagi kirish so‘zida. — Xarold Lemb Boburning adabiy merosidan ko‘proq “Boburnoma”ga murojaat etib, undan talay parchalar tarjimasini ham keltiradi. Sharq xalqlari tarixi bilan shug‘ullangan ingliz va amerikalik olimlar esa Boburning shaxsiy qobiliyati va faoliyatiga yuqori baho berib, uni qadimgi Rim sarkardasi Yuliy Sezar bilan qiyoslaydilar”.

Shuningdek, tadbir davomida faol hamda iqtidorli talabalar tomindan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq hamda milliy raqslar ijro etildi, jumladan, Bobur g‘azallari va ruboiylari turli tillarda ijro etildi. Tadbirda faol ishtirok etganlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar hamda kitoblar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
2.2K views11:22
Ochish/sharhlash
2021-02-13 14:21:09
3.5K views11:21
Ochish/sharhlash
2021-02-13 13:25:19 #hamkorlik

Yaponiyaning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatiladi

2021-yilning 12-fevral kuni Yaponiyaning Iryo Sosei universiteti vitse-prezidenti professor Nabutaka Taguchi va AOIKAI tibbiy korporatsiyasi Tokiyo universiteti talabasi Jumayev Rahmonalilar ishtirokidagi delagatsiya SamDCHTIga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida rasmiy uchrashuv tashkil etildi va unda Iryo Sosei universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish muhokama qilindi hamda bu borada fikr-mulohazalar almashinildi.

Shuningdek, Yaponiya delegatsiyasi tomonidan institut faollar zalida SamDCHTI “Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Iryo Sosei universiteti ta’lim dasturlari, xorijlik hamda mahalliy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
2.0K views10:25
Ochish/sharhlash
2021-02-13 11:54:48 #sport_tadbirlari

Institut talabalari o’rtasida spartakiada musobaqalari boshlandi

Diqqat, institut professor-o’qituvchilari ishtirokidagi spartakiada musobaqalari yakuniga yetdi. Joriy yilning 10-fevral kunidan boshlab institut talabalari o’rtasidagi spartakiada musobaqalari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Talabalar (yigit va qizlar) o’rtasida boshlangan spartakiada musobaqalari sportning “Shaxmat”, “Stol tennisi”, “Valeybol”, “Qo’l to’pi”, “Basketbol”, “Futbol”, “Milliy kurash”, “Erkin kurash”, “Yengil atletika” turlaridan bo’lib o’tadi.

10-fevral kuni bo’lib o’tgan “Shaxmat” musobaqasida 1-o’rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, 2-o’rinni Ingliz tili-I fakulteti, 3-o’rinni Ingliz tili-II fakulteti qo’lga kiritdi.

Eslatma: Sportning “Stol tennisi” bo’yicha bo’lib o’tadigan spartakiada musobaqasi 2021-yilning 17-fevral kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
1.8K views08:54
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:59:26
Москва давлат университети Осиё ва Африка мамлакатлари институти директори ўринбосари, тарих фанлари номзоди Дарья Жигульская Россиянинг «Культура» канали эфирида Алишер Навоий ғазалини ўқиб берди


Бошқаларга улашиш:
@intellekt_press
1.9K views15:59
Ochish/sharhlash
2021-02-11 18:34:43
#talabalar_hayoti

Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetining ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari O'.Sattarov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, jarayon davomida talabalarning ovqatlanish holatlari o'rganildi, ulardagi mavjud muammolar, ta'klif hamda mulohazalari tinglandi. Dekan o'rinbosari O'.Sattarov talabalar bilan bo'lib o'tgan suhbatda talabalar turar joyining tartib-intizomi va sanitariya-gigiyena qoidalariga muntazam amal qilinishi to'g'risida so'z yuritdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
@samdchtijamoasi
3.8K views15:34
Ochish/sharhlash
2021-02-11 17:36:49
#sport_tadbirlari

Talaba sport haftaligining navbatdagi musobaqasi

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida o’tkazilayotgan “Talaba sport haftaligi” 2-bosqich musobaqasi sportning “Stol tennisi” turi bo’yicha bo’lib o’tdi. Musobaqagacha bo’lgan jarayonda jamoalar ichidan kuchlilari saralab olindi.

Saralab olingan jamoalar o’zaro bellashishdilar va natijalarga ko’ra 1-o’rinni “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” ta’lim yo’nalishi jamoasi, 2-o’rinni “Filologiya va tillarni o’qitish: koreys tili” ta’lim yo’nalishi jamoasi, 3-o’rinni esa “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” ta’lim yo’nalishi jamoasi egalladi.

M.Mirsharopov,
“Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo’nalishi talabasi
2.2K views14:36
Ochish/sharhlash