Get Mystery Box with random crypto!

Haliyam aqlim kirmadi(mi) 1. Oldinlari qoʻlimga pul tushsa, k | Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

Haliyam aqlim kirmadi(mi)

1. Oldinlari qoʻlimga pul tushsa, kapilkaga, uydagilarimga va toʻshaklarni tagiga qoʻyib toʻplar edim. Tuzukroq natijaga erisha olmadim.

2. Keyin dadam koʻp aytadigan aktiv va passiv daromad haqida yana ham chuqurroq oʻrganishni boshladim. Men pul toʻplab yurgan stillar bu gʻirt passiv daromad ekan.

3. Xulosam, pulingni kapilka va uydagilarga toʻplash uchun berma. Nega? Kapilkaga tashlagan 500 soʻm pulingga oʻsha payt semechka olarding. Hozir esa, 500 soʻmga oʻsha narsani "S" sini ham topa olmaysan. Inflatsiya—togʻangmas.

4. Uydagilarga pulingni toʻplash uchun berma. Nega? Sababi, har xil vaziyatda seni misqollab topgan puling ishlanib ketish ehtimoli katta. Maslahatim, ota-onanga pulingni har daromadingdan hadya sifatida ber va u pulni unut.

5. Unda qanday pul jamgʻaram deysanmi? Buni yoʻllari juda ham koʻp. Birinchi oʻrinda, topgan pulingni oʻzinga sarfla, har xil darslar sotib ol, tashqi koʻrinishinga eʼtibor ber: tilingdan oldin, kiyiming gapiradi.

6. Ikkinchi oʻrinda, agar moliyaviy biliming boʻlsa sekin-asta daromad keladigan kichik tadbirkorliklarga kir. Uchinchi oʻrinda, islomiy loyihalarga investitsiya qilib bor.

7. Aka, nima qilasan shuncha narsa yozib, kimga kerak bu narsalar? Ukam, kuni kelib, albatta men va shu postni oʻqiyotgan sen ham oʻlasan. Agar hozir oʻlib qolsam,

Orqamdan, Rishtondagi hovlim, Fargʻonadagi etajim yoki tagimdagi Spark mashina "qolmaydi". Ilmim, savobim, manfaatim, masjidlar, shifoxonalar, ariqlar va kitoblar qoladi.


P.S: Yaqinda 1K boʻldik degan edim. Qarasam yana 300 taga koʻpayib ketibsizlar. Oʻzi bir haftada 1 ta post yozaman. Qanday qilib kanalimda odam koʻpayib ketyapti, bilmaysizlarmi?

@samandarxojasblog