Get Mystery Box with random crypto!

Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi samandarxojasblog — Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog S
Telegram kanalining logotibi samandarxojasblog — Samandarxoʻja Yoʻldoshxoʻjayev | Shaxsiy blog
Kanal manzili: @samandarxojasblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.13K
Kanalning ta’rifi

1. Klinik kordinator
2. Tibbiyot talabasi
3. "Avitsenna" nomli 2-xalqaro Olimpiada sovrindori
4. Investor
5. USMLE oʻrganuvchisi
6. I'm a free 🇬🇧
Hammasi shu yerdan boshlandi: https://t.me/samandarxojasblog/8
Murojaat uchun: @SamandarxojasBot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-08-31 18:13:38 Yoz sarhisobi

Diqqat, postni oʻqishdan oldin oʻzingizni boʻsh qoʻying. Post nisbatan uzun boʻldi, oʻqish va tahlil qilish ixtiyoringiz. Samarali yozda sizga yeta olmadim menimcha) Ketdik:

1. Shu vaqtgacha 1* yozni koʻrgan boʻlsam, bu yilgi yoz man uchun juda ham samarali va voqealarga boy boʻldi, Alhamdulillah.

2. Ota-onam bilan koʻp vaqt oʻtkazdim. Ular bilan suhbatlashdim. Dadam, ayamni maqsadlarini eshitdim yana bir bor. Alloh taolo xizmatlarida bo'lishimda bardavom qilsin.

3. Oʻzbekistonda birinchi bor tashkillashtirilgan "Kompleks anatomiya" oʻquv dasturi yetakchilaridan biriga aylandim.

4. Dastlabki qabullardanoq, Ustozim Murodilla Mixliyev bilan 100 ga yaqin tibbiyot talablarni kursimizga qamrab oldik.

5. Oʻrta Osiyoda birinchi bor tashkil etilgan Wiki oromgohga borish nasib qildi. Saralash bosqichidan oʻtganim haqida aytgan edim. Eng qizigʻi 12 ta viloyatdan doʻstlar orttirdim.

6. U yerda shaxsan Alisher Sadullaev hamda Mehrinoz Abbosovani oʻzlari bilan, yangi loyiham haqida suhbatlashish nasib qildi. Nasib qilsa, 2027-yilning boshlarida yangi loyiham butun Oʻzbekiston yuzini koʻradi.

7. Yoz davomida onlayn oʻquv dasturimizga tegishli 2 oylik kurs materiallarini tayyor holatga keltirdim. Xudo xohlasa, ushbu oʻquv dasturini suniy intellekt yordamida boshqarmoqchimiz.

8. Bu yil ustozim Dilnoza Davlatova bilan birgalikda 85% dan yuqori natija qildik. Ustozim esa meni ilk debyut natijalarimdan biriga oʻz hissasini qoʻshdi deb ayta olaman.

9. Fargʻonada ilk bor tashkillashtirilgan innovatsion oʻquv markazi hamda zamonaviy New Med klinikasi asoschisi ustozim Saidaziz Saydaliyev bilan birgalikda iyun oyida Neuroanatomy (USMLE) fanini yakunladik.

10. LinguaBarno'dan onlayn oʻquv kurslarni tashkil qilishda marketing bilimlarini oldim. Nasib qilsa, yaqin kunlar ichida ushbu bilimlarni ishga solgan holda yangi loyihamizga start beramiz.

11. Ta'tilning 60 kuni davomida oʻz sohamga doir har kuni "surunkali oʻrganish" ga harakat qildim. Buning natijasida embriologiya, gross anatomiya, biokimyo va neuroanatomiya'ni yana ham mustahkamladim.

12. Orada yangi uyimizni ham remont qildik. Xudo xohlasa, sentyabr oylarida koʻchishga harakat qilyapmiz. Kelaverasizlar. Manzilni aytaveraymi?

*Xullas, yoz faslida ja koʻp ish qilib yubormadim deb oʻylayman. Endi bor fokus(eʼtibor)imni kirib kelayotgan kuz fasliga qaratmoqchiman. Shunaqa gaplar...

P.S: Siz yozda nimalar bilan band boʻldingiz? Eng yaxshi 3 tasini kommentariyaga yozib qoldiring

@samandarxojasblog
469 views15:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:18:46
Juda ham koʻp narsa yozmoqchi edim

Bir necha kun oldin oʻquvchilarimizdan biri mandat chiqmasidan oldin Budjetni naxt qilib qoʻydi deb xabar bergan edim. Bugun esa qatorma-qator natijalarimiz chiqishda davom etmoqda.

Kecha huddi meni natijalarim chiqqandek boʻldi, rosti. Hatto dadam, ayam ham uxlashmadi deyarli, men bilan boʻlib.

Mana shunday yutuqlar uchun Alloh taologa hamdlar boʻlsin. Buning sabachilari ota-onam, ustozlarim va yaqinlarimga ham rahmat aytaman. Bu postga juda ham koʻp narsa yozmoqchi edim, lekin buni telegram cheklab qoʻyadi. Postni esa hozir butun umrimga tatigulik gap bilan yakunlayman.

— Og'lim, senga aytgan edimmi?
— Nimani Dadajon?
— Faxrimsan, boringa shukur.


Ichimdan bir narsa shuv etib uzildi. Koʻzimga jiqqa yosh toʻldi. Qanday hislar oʻtganini tasvirlab bera olmayman.

28.08.2022.
Fargʻona
12:03

@samandarxojasblog
718 views08:18
Ochish/sharhlash
2022-08-25 17:45:25 Haliyam aqlim kirmadi(mi)

1. Oldinlari qoʻlimga pul tushsa, kapilkaga, uydagilarimga va toʻshaklarni tagiga qoʻyib toʻplar edim. Tuzukroq natijaga erisha olmadim.

2. Keyin dadam koʻp aytadigan aktiv va passiv daromad haqida yana ham chuqurroq oʻrganishni boshladim. Men pul toʻplab yurgan stillar bu gʻirt passiv daromad ekan.

3. Xulosam, pulingni kapilka va uydagilarga toʻplash uchun berma. Nega? Kapilkaga tashlagan 500 soʻm pulingga oʻsha payt semechka olarding. Hozir esa, 500 soʻmga oʻsha narsani "S" sini ham topa olmaysan. Inflatsiya—togʻangmas.

4. Uydagilarga pulingni toʻplash uchun berma. Nega? Sababi, har xil vaziyatda seni misqollab topgan puling ishlanib ketish ehtimoli katta. Maslahatim, ota-onanga pulingni har daromadingdan hadya sifatida ber va u pulni unut.

5. Unda qanday pul jamgʻaram deysanmi? Buni yoʻllari juda ham koʻp. Birinchi oʻrinda, topgan pulingni oʻzinga sarfla, har xil darslar sotib ol, tashqi koʻrinishinga eʼtibor ber: tilingdan oldin, kiyiming gapiradi.

6. Ikkinchi oʻrinda, agar moliyaviy biliming boʻlsa sekin-asta daromad keladigan kichik tadbirkorliklarga kir. Uchinchi oʻrinda, islomiy loyihalarga investitsiya qilib bor.

7. Aka, nima qilasan shuncha narsa yozib, kimga kerak bu narsalar? Ukam, kuni kelib, albatta men va shu postni oʻqiyotgan sen ham oʻlasan. Agar hozir oʻlib qolsam,

Orqamdan, Rishtondagi hovlim, Fargʻonadagi etajim yoki tagimdagi Spark mashina "qolmaydi". Ilmim, savobim, manfaatim, masjidlar, shifoxonalar, ariqlar va kitoblar qoladi.


P.S: Yaqinda 1K boʻldik degan edim. Qarasam yana 300 taga koʻpayib ketibsizlar. Oʻzi bir haftada 1 ta post yozaman. Qanday qilib kanalimda odam koʻpayib ketyapti, bilmaysizlarmi?

@samandarxojasblog
1.1K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:08:02 Mandatni kut(ma)

1. Hayrli kun qadrdon. Zerikib qolmadingmi? Imtihonlarni yaxshi topshirib chiqdingmi? Juda ham ajoyib. Muhimi topshirib chiqding, tamom. Natija Allohdan.

2. Bu ball bilan o'tamanmi? Oʻtkan yili kirish balli necha boʻlgan? Senga qanday savollar tushdi? Nechta yechding kabi savollarni berma. Bu narsa senga faqat minusga ishlaydi. Ballingni koʻrgan boʻlsang boʻldi. Hayotdan zavq ol.

3. Bunday paytda qarindoshlaringnikiga ket, bobo-buvilaring bilan suhbatlash, koʻproq uy ishlari bilan mashgʻul boʻl. Aynan shu paytda koʻproq oʻzingni yoqtirgan hobbylaring bilan band qil.

4. Iloji boʻlsa Telegram, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardan imkon qadar chetlan. Har xil kanallardan keladigan bu yil ball koʻtarilibdi, mandat palonchi kuni chiqarkan, hamma oʻqishga qabul qilinarkan degan safsatalar seni yengib qoʻyadi.

5. Imtihon topshirganlar roʻyxatida kontraktchilar qatorida tursang, bu degani oʻqishga qabul qilinding degani emas. Bu roʻyxat sen kutmagan darajada oʻzgarib ketishi mumkin. Balki grand, balki kontrakt, balki... Har qanday vaziyatga tayyor tur.

6. Keyin ballingni eshitib sekin Qirgʻiz, Qozoqga oʻqishingni toʻgʻirlama, super kontrakt ham qilma, iltimos. Senga hech kimga aytmaydigan maslahatimni beraman, birovga indama:

• Qayta tayyorlan (birinchi yil past ball yiqqan boʻlsang)
• Oʻzbekistondagi Xususiy universitetlariga topshir.
• Zamonaviy kasb o'rgan.


Yuqoridagi 3 yoʻl, xoh singlim boʻl, xoh ukam boʻl sen uchun atalgan.

7. Oʻqishga kira olmaslik, bu hayot tugadi degani emas. 14 yoshli singlim bilan teng fikrlama. Oʻzbekistonda boʻlsang, imkoniyat juda ham katta, gazini bos jigar. Haqiqiy hayot endi boshlandi.

Ushbu post barcha abituriyentlarga yetib borishiga oʻz hissangizni qoʻshing. Ayamasdan tarqatavering, rozimiz!

P.S: Ha aytgancha, siz meni qaysi viloyatdan kuzatyapsiz?

@samandarxojasblog
2.6K viewsedited  15:08
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:13:50 1 minutda, oʻrtacha...

Ushbu holatlarga fakt tarzida qaramang. Har bir shaxs individual tarzda hayot kechiradi.

1 daqiqani ichida oʻrtacha 162 taga yaqin soʻz oʻqish mumkin ekan. Bu sal kam bir bet kitob degani. Lekin 90 minutlab kino koʻrishda davom etamiz.

1 daqiqada oʻrtacha 60 marta Subhanalloh deyish mumkin ekan. Oʻrtacha 28 daqiqada 10 ming marta Allohni zikr qilishimiz mumkin.

1 daqiqada 2 ta jismoniy mashqni normal holatda bajarish mumkin. Lekin unga ertalab 5 daqiqa jismoniy mehnat uchun sarflash qiyin tuyiladi.

1 daqiqa ota-ona bilan suhbat hayotga boʻlgan shijoatini bir necha barobarga oshirishi mumkin. Lekin 7-8 minutlik motivatsion videolar koʻrishda davom etadi.

1 daqiqada bitta foydali postni oʻqib chiqishi mumkin. Lekin 10 lab daqiqasini chalgʻituvchi yangiliklar oʻqish bilan yoʻq qiladi.

1 daqiqani ichida Telegram, Instagram sahifalardan keraksiz kanal, guruh va chatlarni oʻchirib tashlash mumkin. Lekin, u oʻzini 1000 lab keraksiz habarlar bilan chalg'itishda davom etadi.

1 daqiqada bir insonga qoʻngʻiroq orqali habar olib, hol ahvol soʻrash mumkin. Lekin 20 daqiqa playlistlaridagk musiqalarni eshitishda davom etadi.

Xalq! 24 soatdan 10 soatini uyquga chiqarib yuborsam, 12 soat qolar ekan. Bu degani menda har kuni 720 daqiqa bor ekan.
Rostini aytaman, menga uzr qolmadi


P.S: 1 minut ichida yana nimalar qilish mumkin? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.

@samandarxojasblog
2.9K views15:13
Ochish/sharhlash
2022-08-12 18:09:02
Muddatidan oldin grand

Tibbiyotga kontrakt oʻqishga kirganimdan soʻng, yurish-turishim uchun ota-onamdan pul soʻrashga ham uyalib qoldim.

Oʻsha paytlari oʻquv markazlaridan ish qidira boshlab, bir nechtasidan rad javobini oldim. Menga biologiyani fundamentini quygan inson, ustozim Dilnoza Davlatovaga ish masalasida aloqaga chiqdim. Ustozim, ishga oldi.

Shu zaylda ustoz bilan birgalikda abituriyentlarni tayyorlashni boshladik. Men darslarni asosan sahar vaqtlari oʻtar edim. Oʻsha paytlari hamma koʻksimdan itargan paytda, ustozim yoniga olgani hech qachon esimdan chiqmaydi.

Bugun esa mehnatlarimiz natijasini va rohatini koʻryapmiz. Yuqoridagi singlimiz natijasi esa bizni juda ham quvontirdi. Ya'ni, Nilufar muddatidan oldin grantni naxt qilib qoʻydi. Maqsadli qabul boʻyicha birinchi oʻrinda turibdi. Alloh taolo bizlarni hayrli ishlar bilan band qilsin. Ilm bilan mashgʻul boʻlib, gunoh qilishga vaqtimiz qolmasin.

*Nasib qilsa qolgan oʻquvchilarni natijalari bilan ham boʻlishamiz.

@samandarxojasblog
3.2K views15:09
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:11:01 Bola, bozorni bilib ol

1. Bozor(kiyim, oziq-ovqat, moshina and itagdali) ga kirishda Bismillahni aytib kir. Sababini, menimcha bilasan.

2. Iloji boricha roʻyxat bilan bor. Bu narsa seni tahminan bir necha oʻn minutga yaqin vaqtingni tejab qoladi. Bozor-tartibsiz, roʻyxat bilan tartibli bozor qila olasan.

3. Misol uchun, kartoshka olmoqchi boʻlsang, faqat bir rastada sotiladigan joyga emas, optom joyiga bor. Raqobat bor joyda, odam kam aldanadi, nisbatan arzon boʻladi.

4. Kattalar bilan bozor qilayotgan boʻlsang, ulardan 1 qadam orqada yur. Boshqa davralarda ham. Oldinga oʻtib ketib qolma. Ota-onang qayerga toʻxtasa sen ham toʻxta, bunga majbursan.

5. Kiyim bozorda hamma kiyimni kiyib ko'rishing shart emas. Sal did, hayo bilan yur. Sendan oldin u kiyimni qanday inson kiyganini bilmaysan. Balki, 26 chi insondirsan.

6. Olmaydigan narsanga borib vaqt sarflama. Hafa boʻlmaginu, orqangdan seni hafa qiladigan gaplar boʻlib qolishi mumkin. Uniyam asabini yisan, oʻzingni ham.

7. Qayer arzon ekan deb, vaqtingni sotib yurma bozorma-bozor. Iloji boricha 3 ta joyni taxlil qilda, sotib ol. Ogʻir narsalarni oxirida ol. Dastlab, koʻkat, zira-piralarni olvol.

P.S: Bu joy Shaxmatchilarimiz uchun, toʻgʻrisini aytaman: Yorvordilaring)

@samandarxojasblog
2.7K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:23:46 Live stream finished (2 minutes)
17:23
Ochish/sharhlash
2022-08-04 20:20:49 Live stream started
17:20
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:26:00 Live stream finished (5 minutes)
16:26
Ochish/sharhlash