Get Mystery Box with random crypto!

Bu yilni hisobiga bir qancha kitoblarni oʻqidim. Har biriga a | Samandar's blog

Bu yilni hisobiga bir qancha kitoblarni oʻqidim. Har biriga alohida post yozmasdan, bitta post qilib, qisqa xulosalarni berib ketmoqchiman.

"Alvido bolalik". Tohir Malik.

Oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega boʻlgan asar, chunki kitob quruq detektiv yoki kriminal asar emas. Yozuvchi yoshlarning jinoyat olamiga qanday kirib qolish ildizini topishga urinadi, uning maʼnaviy tomonlarini tahlil qiladi.

"Chemodan." Sergey Dovlatov.

Kitob meni unchalik bogʻlab tura olmadi. Audio holida eshitgandim, balki oʻquvchining oʻqish usuli unchalik maʼqul boʻlmagani uchun shunday boʻlgandir. Asarda sobiq Sovet davridagi ayrim ahmoqona odatlar, boshqaruv usullari qalamga olingan.

"Sohil boʻylab chopayotgan olapar." Chingiz Aytmatov.

Bu kitobni radiopostanovka variantini eshitdim. Anchayin saviyali, manoga boy asar.

"Jenni Gerxardt." Teodor Drayzer.

AQSHning 1900-yillar davri. Oʻsha davr kambagʻallar hayotidagi qiyinchiliklar, ijtimoiy tengsizlik, har xil oʻsha davrga oid xurofotlar oqkoʻngil Jenni hayotiga bogʻlab koʻrsatilgan asar.

"Hadis va hayot. 19-juz. Olamlarga rahmat paygʻambar." Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf.

Siyratga bagʻishlangan kitob. Oʻzi bu yil kamida bitta siyrat kitob oʻqish niyat bor edi, yetdim desam ham boʻladi. Kitob 600 betga yaqin, lekin menga bu kamday tuyuldi. Asar iloji boricha muxtasar yozishga harakat qilingan degan hayol oʻtdi.

"Allamjonov aybdor." Komil Allamjonov.

Bu kitob haqida yozgandim.

"Oʻzni qidirgan odam." Xolid Ertugʻrul.

Hozirda trendga chiqayotgan turk adabiyoti namunalaridan biri. Badiiy saviyasi past deb baholayman. Yozuvchini aytmoqchi boʻlgan gapi bor, lekin bunday tarzda yetkazilmaydi.

"Olim, olam va odam." Mubashshir Ahmad.

Kitob avvalo muallifning shaxsiy fikrlari, hayollari, xulosalari, keyin turli olimlardan iqtiboslarni oʻz ichiga olgan. Kitobda berilganlar alsari Mubashshir domlaning internetdagi sahifalarida ham berilgan.

"Alkimyogar." Paulo Koelo.

Turli xil majozlarga asoslangan falsafiy roman. Lekin hayot muallif koʻrsatgandan aancha murakkabligini anglab yetganman. Balki 3-4 yil avval oʻqiganimda koʻproq taʼsirlangan boʻlardim. Hozir esa yoʻq.

Siz-chi, qaysi kitoblarni oʻqidingiz?

@samandarsblog