Get Mystery Box with random crypto!

ESLATMA Har xil guruh va kanallarni ko'rib qolyapman, noma | Solih Sahifam | 🇸🇦🍃

ESLATMA

Har xil guruh va kanallarni ko'rib qolyapman, nomahramlar o'zaro hech qanday tortinishsiz bir-birlari bilan suhbat qurishadi, bilmadim bular Qiyomat bo'lishiga ishonishadimi?! Allohga yuzlanishlarini o'ylashadimi?! Adminlari qanchalar kishining gunohini o'ziga qo'shib olishayotganini o'ylashadimi?!
Qilayotgan ishlaringiz haqida o'ylang! Amallaringiz o'zingizga ko'rsatiladigan kun kelishini o'ylang! Fikr yuriting! Islomiy guruh deysiz, unda o'zaro nomahramlar bir-birlari bilan hayosiz gaplashishadi. Bu orqali siz, guruhni ochgan inson, savobdan ko'ra ko'proq gunoh olishingiz mumkin.
Tanishuvlar guruhini ochayotganlar, hoziroq guruhingizni o'chirib tashlang! Bu orqali siz o'sha yerdagi barchaning gunohiga sherik bo'lmoqdasiz. Men shunchaki eslatdim.
"Va eslatgin. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur".
(Zariyat surasi, 55-oyat)

Men buni yozayotganimdan sabab: kanalimiz a'zolari orasida shundaylar bor ekan. Allohga taqvo qilaylik!

Alloh subhana taolo holimizni isloh qilsin...

@salih_sahifam