Get Mystery Box with random crypto!

Toliba

Telegram kanalining logotibi sahifadina — Toliba T
Telegram kanalining logotibi sahifadina — Toliba
Kanal manzili: @sahifadina
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 17
Kanalning ta’rifi

Mulohazalar.
Suratli mulohazalar
Murojaat: @Tolibah_uzBot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-29 17:40:17 Odamlarda ong bo'lmaganida rivojlanish ham bo'lmagan bo'lar edi. Seni esa ong tugul odamlarga ham aloqang yo'q
52 viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-11-26 20:40:46 Bugun havo biram pokiza bo'ldi. Xuddi Dostayevskiy Knyazining qalbidek.
Chiroyli fikrlash uchun ham toza qalb kerak, joyida bo'lgan asablar kerak)
54 views17:40
Ochish/sharhlash
2022-11-17 19:52:03 Bizning ishimiz yolg'on xabarlarni muhokama qilish. Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda oldi qochdi xabarlar, seriallar voqealar tahlili, kimningdir hayoti qiziqarliroq. Nega? Dunyoqarashimiz past, tez va oson qabul qilinadigan ma'lumotlarga o'rganib qolganmiz. Biz uchun uncha muncha bazmlarga ketadigan millionlar oz, ammo bir kitobga ketadigan pul ko'p. Qiziqishni boshqa tomonga yo'naltirish uchun esa nafs ustidan g'alaba qozonish kerak.
Aytib qolishdi, yurtimizda o'rta asrlar badiiy, ilmiy adabiyoti odamlar qiyinchilikdan, qoloqlikdan chiqish uchun yuksalgan deb. Hozir dangasalik sabab modernizm adabiyoti saviyasi sustroq ekan. Dangasalik sababi esa hamma imkoniyatlar borligi, hayot yengillashgani sabab ekan. Lekin aynan shu hayot yengillashgani ilm-fan taraqqiyoti-yu renessansga xizmat qilmaydimi? Nega unda hozirda ancha rivojlangan mamlakatlarda ilmiy, badiiy bestseller kitoblar juda ko'p yaratilyapti, degandim javob ololmadim.
Voqealarni tahlil qilamiz, sabablarni keltiramiz, solishtiramiz, fikrlashamiz-u yechim topolmaymiz. Balki toparmiz ham lekin uni amalga oshirishga bizda yo birdamlik yoinki imkoniyat(mablag') yo'q.

@sahifadina
80 viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-11-10 19:17:25 Ko'z albatta ko'rishga uchun. Lekin faqat kerak bo'lganlarini. Shunday narsalar borki ko'rganni ko'nglini buzadi, yana shundaylari borki ko'ngilni charog'onlaydi. Ayol kishining begona erkakka tikilib qarashi qalbning g'ashlanishiga va xotirasi susayishiga olib keladi. Erkak kishida ham shunday. Qalbning ishi qiyin - Alloh taqiqlagan narsadan o'zini tiymasa iymonini zaiflaydi. Ko'z ko'rgan narsaning natijasi qalbda ayon bo'ladi. Ko'z taqiqlangan narsalarga qarayverar ekan qalbini majruhlayveradi. Shuning uchundir ko'z muhofaza qilinsa Alloh iymonni asraydi.

@tolibah_uz
77 views16:17
Ochish/sharhlash
2022-11-10 19:02:07
"Ko'ngul ozodadur, - shivirladi uning lablari, - ko'ngul ozodadur, dunyoga arzi ehtiyoj etmaz..."

"Ko'ngil ozodadur"
Xayriddin Sultonov
75 viewsedited  16:02
Ochish/sharhlash
2022-11-02 19:26:49 #tezis

E'tiqodida shubhali odamni din bo'yicha yo'ldan ozdirish oson. Biron narsani bilmasa-yu shuni o'rganishga intilmasa u o'rganganlar qo'lida o'yinchoqdir. Ilmni bilmagan kishiga qaraganda dinini o'rganmagan kishini bo'yinsundirish yengilroq. Yaratilish dindan ekan bilmagani uchun ham shu yo'lda qoqiladi. Bu nozik masala. Dinini o'rganish yo'ldan ozish emas, o'zligini anglashdir. O'zligini anglamaganning boshqa yo'llarda toyishi mushkul ish emas. Atrofda dinini biluvchilarga ta'sir o'tkazishdan hayiquvchi manipulatsiyalovchilar to'la. Fikringda sobitliging shuni yaxshi bilishingdan dalolatdir va raqibingning yengilishi uchun muhim omil. Bu hech qanday "madaniyatsizlik" yoki "zamondan ortda qolish" emas! Madaniyat ahli o'zgalarga tosh otmaydi.

@tolibah_uz
76 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-10-31 20:33:59
October
64 views17:33
Ochish/sharhlash