Get Mystery Box with random crypto!

Bizning ishimiz yolg'on xabarlarni muhokama qilish. Ilmiy ma'l | Toliba

Bizning ishimiz yolg'on xabarlarni muhokama qilish. Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda oldi qochdi xabarlar, seriallar voqealar tahlili, kimningdir hayoti qiziqarliroq. Nega? Dunyoqarashimiz past, tez va oson qabul qilinadigan ma'lumotlarga o'rganib qolganmiz. Biz uchun uncha muncha bazmlarga ketadigan millionlar oz, ammo bir kitobga ketadigan pul ko'p. Qiziqishni boshqa tomonga yo'naltirish uchun esa nafs ustidan g'alaba qozonish kerak.
Aytib qolishdi, yurtimizda o'rta asrlar badiiy, ilmiy adabiyoti odamlar qiyinchilikdan, qoloqlikdan chiqish uchun yuksalgan deb. Hozir dangasalik sabab modernizm adabiyoti saviyasi sustroq ekan. Dangasalik sababi esa hamma imkoniyatlar borligi, hayot yengillashgani sabab ekan. Lekin aynan shu hayot yengillashgani ilm-fan taraqqiyoti-yu renessansga xizmat qilmaydimi? Nega unda hozirda ancha rivojlangan mamlakatlarda ilmiy, badiiy bestseller kitoblar juda ko'p yaratilyapti, degandim javob ololmadim.
Voqealarni tahlil qilamiz, sabablarni keltiramiz, solishtiramiz, fikrlashamiz-u yechim topolmaymiz. Balki toparmiz ham lekin uni amalga oshirishga bizda yo birdamlik yoinki imkoniyat(mablag') yo'q.

@sahifadina