Get Mystery Box with random crypto!

Safar satrlari...📝🖇

Telegram kanalining logotibi safar_satrlari — Safar satrlari...📝🖇 S
Telegram kanalining logotibi safar_satrlari — Safar satrlari...📝🖇
Kanal manzili: @safar_satrlari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 58

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-01-20 13:11:12
Alice in Borderland
Yaqin yillarda ko'rgan eng yaxshi seriallarimdan bo'ldi shu .....
77 viewssanat_ abduvohidov, edited  10:11
Ochish/sharhlash
2023-01-16 11:23:31
26 viewssanat_ abduvohidov, 08:23
Ochish/sharhlash
2023-01-15 03:13:37 #müzik
35 viewssanat_ abduvohidov, edited  00:13
Ochish/sharhlash
2023-01-15 03:08:12
#ichimizdagi_shayton
Hayot ikki qadam narini ko'rib bo'lmaydigan tumanli va tebranib turuvchi shunday bir dengiz ekan...
34 viewssanat_ abduvohidov, 00:08
Ochish/sharhlash
2023-01-14 20:54:21 Film bosh g'oyasi to'y va urf-odatlardan iborat deb o'ylamang g'oya, tag ma'no aslida tubdan boshqa...
35 viewssanat_ abduvohidov, 17:54
Ochish/sharhlash
2023-01-14 20:33:37 #tafsiya_
Ayni damda "Mo'jiza" deb nomlangan turk filmini tomosha qilyapman. Filmda tog'da yashovchi , eski tog'lik turklar hayoti aks etgan.
Bilasizmi e'tiborimni tortgan narsa nimada?
Filmda qiz so'rash ( sovchilik ) marosimi bor. Eski turklarda qiz so'rab borilgan xonadondagi qizlar yaxshigina chig'iriqdan o'tkazilgan ekan. Masalan : qizlarga beriladigan birinchi savol shu , Qur'on biladimi? Qur'on bilmagan qiz kelinlikka loyiq deb topilmagan ekan va u xonadonni darhol tark etishgan. Agar bilsa keyingi savol javoblarga o'tishgan.
Qur'on da nechta sura bor?
Eng katta sura qaysi?
Ovqat qila oladimi? , turli xil ovqatlar nomi aytilib qanday tayyorlanishligi so'ralgan.
Og'zi hidlanmaydimi, tishlari chirimaganmi, ko'zi g'ilay emasmi shularigacha qarashgan. Hatto xonaga uzun ip tortib shu ip ustidan yurishligi aytilgan va shu asnoda qadamini qanday tashlaydi oqsoqmi yo qiyshiqmi shungacha aniqlashgan hamma sinovdan o'tgandan so'ng gal qiz tomonga kelgan va bo'lmish kuyov haqida savollar so'ralgan. To'ydan oldin qiz yigit bir birini ko'rishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.
O'rnak olsa bo'ladigan ko'p narsa bor. Qani endi bizda ham birinchi so'raladigan savol Qur'on dan bo'lsa. Xullas anchadan beri bunday mazza qilib kino ko'rmagandim.
31 viewssanat_ abduvohidov, edited  17:33
Ochish/sharhlash
2023-01-13 16:26:12
Sovuq haqida gapirib qanday yangi kitob olganligimni yozmabman ham ), bu galgisi ham turk adabiyoti durdonalaridan, rasmga qarab hayron bo'lyapsizmi ? Qarasam kitob muqovasida shayton talvasasi aks etgan ekan meni qo'limda anor bor edi , shayton o'ynayotgan qo'lda men jannat mevasi bo'lmish anorni ushlolmaymanmi dedim - mu , shartta rasmga oldim...
20 viewssanat_ abduvohidov, 13:26
Ochish/sharhlash
2023-01-12 18:26:21
Soat 09:40, ko'chada harorat -16° , va men kitob do'konidaman ammo yopiq edi ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi o'ziyam, endi qaytaman deb turganimda kelib qoldilar, yangi kun o'zimni kitob bilan siylashdan boshlandi....
28 viewssanat_ abduvohidov, 15:26
Ochish/sharhlash
2023-01-12 15:46:20 #Hayotiy_

11.01.2023. Ajib kun bo'ldi. Esda qolarli, yoqimli, shukrli , sevinch yoshiga ega kun...

• Kecha kechki payt oila davrasida o'zaro suhbat bo'layotgan bir payt, qizim Shukrona ( 1, 5 yosh ) stulda turgan joynamozni olib chiroyli qilib yozdi va qo'lida ro'mol bilan kelib bog'lab qo'y degandik ishoratlar qildi ( hali tili chuchukroq ) ro'molini boshini orqa tomoni bilan bog'lab qo'yaman desam yo'q deb bo'ynini ko'tardi angladimki, hijob ko'rinishida bog''lashimni so'radi , istagandek qilib qo'ydim . So'ngra qo'liga tasbixni olib joynamoz ustida nimalarnidir qaytarib namoz o'qiy boshladi ruku, sajda orada omin qilib qo'yadi ochig'i judayam hayratlandim bu harakatlarni ko'p qilardi ammo, ammo sajda qilganini birinchi marta ko'rdim va bu qizimni ilk sajdasi edi... quvonch yoshlari, kuchli jimlik va buvisining Alloh bergan ne'matim deya duo , hamd aytishlari... dadasining muslima qizim ,oqila qizim deyishiyu mening qoriya, olima bo'lsindan uyog'i o'ta olmaydigan duolarim....
O'ziga Hamd o'ziga shukrlar...
O'ylayotganim faqat bir fikr" Qush inida ko'rganini qiladi" , qanchalar to'g'ri fikr, asl haqiqat bu. Bugundan esa qizim menga ham joynamozni yozib o't o't Alloh Alloh qil deyabdi sababi ibodatim to'kis emas edi, Alloh nasib avvalo Alloh so'ngra qizim uchun hidoyatda yurib, o'zimni isloh qilishda, ibodatda quvvatli bo'lishda, jiddu jahd bilan harakatda bo'lishimni chuqur angladim.
Demoqchimanki, o'zimgizni isloh qiling ! O'zingizdan boshlang ! Kun kelib o'zingizda yo'q bo'lgan sifatlarni farzandingizdan talab qilaolmaysiz. Avvalo siz o'zgaring!
Avvalo siz boshlang!

#taslimiyat
#hamd
24 viewssanat_ abduvohidov, 12:46
Ochish/sharhlash