Get Mystery Box with random crypto!

#tafsiya_ Ayni damda 'Mo'jiza' deb nomlangan turk filmini tomo | Safar satrlari...📝🖇

#tafsiya_
Ayni damda "Mo'jiza" deb nomlangan turk filmini tomosha qilyapman. Filmda tog'da yashovchi , eski tog'lik turklar hayoti aks etgan.
Bilasizmi e'tiborimni tortgan narsa nimada?
Filmda qiz so'rash ( sovchilik ) marosimi bor. Eski turklarda qiz so'rab borilgan xonadondagi qizlar yaxshigina chig'iriqdan o'tkazilgan ekan. Masalan : qizlarga beriladigan birinchi savol shu , Qur'on biladimi? Qur'on bilmagan qiz kelinlikka loyiq deb topilmagan ekan va u xonadonni darhol tark etishgan. Agar bilsa keyingi savol javoblarga o'tishgan.
Qur'on da nechta sura bor?
Eng katta sura qaysi?
Ovqat qila oladimi? , turli xil ovqatlar nomi aytilib qanday tayyorlanishligi so'ralgan.
Og'zi hidlanmaydimi, tishlari chirimaganmi, ko'zi g'ilay emasmi shularigacha qarashgan. Hatto xonaga uzun ip tortib shu ip ustidan yurishligi aytilgan va shu asnoda qadamini qanday tashlaydi oqsoqmi yo qiyshiqmi shungacha aniqlashgan hamma sinovdan o'tgandan so'ng gal qiz tomonga kelgan va bo'lmish kuyov haqida savollar so'ralgan. To'ydan oldin qiz yigit bir birini ko'rishi haqida gap bo'lishi mumkin emas.
O'rnak olsa bo'ladigan ko'p narsa bor. Qani endi bizda ham birinchi so'raladigan savol Qur'on dan bo'lsa. Xullas anchadan beri bunday mazza qilib kino ko'rmagandim.