Get Mystery Box with random crypto!

Rustam Karimjonov

Telegram kanalining logotibi rkarimjonov — Rustam Karimjonov R
Telegram kanalining logotibi rkarimjonov — Rustam Karimjonov
Kanal manzili: @rkarimjonov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.32K
Kanalning ta’rifi

Raqamli Texnologiyalar Vaziri o’rinbosari
Facebook: facebook.com/karimjonovrustam
Wikipedia: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam_Karimjonov
Veb-sayt: https://digital.uz/guides

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-31 15:08:41
Hurmatli va qadrli do’stlar, hamkasblar, aka-uka va opa-singillar!

Barchangizni Mustaqilligimizning 31 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Samimiy va mehrli bo’lishga harakat qiling.

#UZB31 #Muborak

Hurmat bilan,
Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari - https://t.me/rkarimjonov
1.2K viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:40:05
ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti "AI for Girls" treningiga start beradi

ITSM va Turkiyaning Bahçeşehir universiteti Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “AI for Girls” oʻquv inkubatoriga tez orada arizalar qabul qilinishini eʼlon qiladi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistondagi yosh qizlar o‘rtasida sun'iy intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

O'quv inkubatori 19-22-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Trening maktab o'quvchilari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar talaba qizlari uchun mo'ljallangan.

Tanlov mezonlari: dasturlash algoritmlari asoslari, Scratch va ingliz tilini bilish.

Yangiliklarni kuzatib boring.

Telegram | Instagram
720 views11:40
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:14:47
YANGI O’QUV YILIGA QORAQALPOG’ISTONLIK YOSHLARGA HAQIQIY SOVGʻA!

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan Nukus shahridagi umumtaʼlim maktablariga 530 ta kompyuter hamda 151 ta noutbuklar berildi!
(Qariyb 5 mlrd. soʻmlik kompyuter texnikasi berildi, bu albatta davlat dasturlarida belgilangandan tashqari)

Shu yilning oʻzida davlat dasturlari doirasida Qoraqalpogʻistondagi umumtaʼlim maktablariga 2 mingdan ortiq zamonaviy kompyuterlar (140 ta kompyuter sinf toʻplami, jami 20 mlrd. soʻmga yaqin kompyuter texnikalari) bilan jihozlangan degani.

Maʼlumot uchun: Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan hamda ichki lokal tarmoq infratuzilmasi bilan taʼminlangan (oʻqituvchilar va informatika xonalari WiFi texnologiyalari bilan jihozlangan)

Ushbu yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar Qoraqalpogʻistonlik yoshlarni maktab davridan boshlab IT texnologiyalari yordamida zamonaviy bilimlarni egallashlari va shu orqali kelajakda yuqori daromad kasb egasi boʻlishlariga xizmat qiladi.

Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari - https://t.me/rkarimjonov
15.9K views08:14
Ochish/sharhlash
2022-08-25 07:55:10
Har bir ota-ona: “Farzandim yaxshi oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirsa, munosib ishga joylashsa, hayotda oʻz oʻrnini topib ketsa edi”, deb orzu qiladi, albatta!

Aksariyat bitiruvchilarimizning ota-onalari: “Farzandimga qaysi bilimlarni bersam yaxshi OTMga oʻqishga kiradi?”, “Qanday bilim va koʻnikmalarga ega boʻlsa munosib ishga (oʻz kuchi bilan) joylashadi?”, “Qanday insoniy xususiyatlarni oʻrgatsam/singdirsam hayotda oʻzini yoʻqotib qoʻymaydi?”, deb chin dildan qaygʻuradi, tashvishlanadi. Bor imkoniyatlarini ishga solishga harakat qiladi.

Ammo juda koʻpchilik ota-onalar real hayotda buni qanday amalga oshirishni bilmaydi.Bunga esa turli xil sabablar bor, toʻgʻrimi?

Tushkunlikka tushmang, bunday holatga nafaqat Oʻzbekistonlik ota-onalar, balki dunyo boʻylab koʻpchilik ota-onalar duch keladi va albatta farzandlari hayotda oʻz yoʻlini topishini xohlaydi.

Hurmatli ota-onalarimiz hamda bitiruvchilarimiz hayotiy tashvishlarini yengil qilish maqsadida bizning jamoamiz mahalliy va xorijiy ekspertlar koʻmagida “Maktab bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda hayotda oʻz yoʻlini topishi” mavzusida 140 betdan iborat qoʻllanma hamda kasb.maktab.uz platformasi ishlab chiqilgan.

Ushbu qoʻllanma hamda platforma yordamida Sizni qiynayotgan yuzlab savollarga javob olishingiz mumkin.

Postdagi rasmlar qoʻllanmadan parchalardir, toʻliq qoʻllanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin - https://t.me/rkarimjonov/1322.

Maktab oʻquvchilari, abiturientlar, talaba va boshqa yoshlar uchun kelajakda muvaffaqiyatga erishish boʻyicha foydali ma’lumotlarni oʻzimning rasmiy sahifamda yoritib boraman, kanalga a’zo boʻlish va ma’lumotlarni boʻlishish tekin - https://t.me/rkarimjonov
98.7K views04:55
Ochish/sharhlash
2022-08-25 07:54:11 “Maktab bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda hayotda oʻz yoʻlini topishi” mavzusida 140 betdan iborat qoʻllanma.

Ushbu qo'llanmani kasb.maktab.uz portali orqali yuklab olishingiz ham mumkin.

Batafsil ma'lumot - https://t.me/rkarimjonov
11.5K viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:31:18
Maktablarda “Qizlarjon klubi” a’zosi bo’lgan 38 ming nafar o’quvchi-qizlar orasidan maktab, tuman, viloyat va Respublikada yuqori natijalarga erishib maktab hayotida eng faol ishtirok etgan 140 nafar o’quvchi-qizlar Toshkent shahrida o’tkazilgan 3 kunlik Respublika “Qizlarjon anjumani”da ishtirok etishdi.

Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy majlis Senati hamkorligida anjuman yuqori saviyada tashkil etildi.

Ishtirokchilarimiz uchun bir umrga esda qoladigan tadbirlar, sayohatlar va anjumanlar tashkil etildi.

Anjuman yakunida eng faol ishtirok etgan o’quvchi-qizlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Ushbu anjuman an’anaviy tarzda barcha hududlarda tashkil etilishi belgilab olindi.

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz!
41.4K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:30:59
AQSHning Nyu-York shahridagi EPAM Systems kompaniyasida ta’lim yo‘nalishida xalqaro hamkorlikning o‘rni, uning buguni va kelajagi haqida samarali muloqot bo‘lib o‘tdi.

AKTni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga tashrifi davomida dunyoga tanilgan IT kompaniyalarining rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zosi bo‘lgan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda Otabek Mahkamov “EPAM Systems” korporatsiyasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida IT va ta’lim sohasida joriy etilayotgan zamonaviy va innovatsion loyihalar hamda ITni rivojlantirishda ta’limning muhimligi haqida suhbatlashdi.

Intervyu davomida vazir o‘rinbosari mamlakatimizda IT mutaxassislar xalqaro bozor talablariga mos kelishlari uchun nima ish qilishlari kerakligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Qayd etib o‘tish joizki, EPAM Systems kompaniyasida dunyo bo‘ylab 60 000 dan ortiq, O‘zbekistonda esa 600 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritib kelishmoqda.

EPAM kompaniyasi sayti orqali 200ga yaqin yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodingizni topshirishingiz mumkin.

Rustam Karimjonovning rasmiy Telegram kanaliga a’zo bo‘lish: https://t.me/rkarimjonov
10.3K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:43:58
Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida AKT va ta'lim sohasida hamkorlik.

Joriy yilning iyun oyi oxirida AKTni rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov boshchiliklarida Oʻzbekiston delegatsiyasi AQShda (Nyu-York, Vashington, San-Fransisko) bo‘ldi.

Tashrif doirasida yetakchi IT korporatsiyalari - Apple, Coursera, EPAM Systems, Plug and Play Tech Center, Mastercard, Visa, Zipline, Reface Fund, hamda AQSH hukumati tashkilotlari - Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSH Davlat Departamenti, Jahon banki, USAID, AQSh Savdo Sanoat palatasi va boshqalar bilan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zosi boʻlgan Xalq ta’limi vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov ta’lim tizimini raqamlashtirishga oid muzokaralarda ishtirok etdi.

Tashrif va muzokaralarning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida AKT hamda ta'lim yo'nalishidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yaqin kelajakda AKT xizmatlari eksporti hajmini $1 mlrd. AQSH dollariga yetkazishdir.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida AKT va ta'lim sohasida hamkorlikni yaxshilash hamda AKT eksport hajmini oshirish borasida savollaringiz va/yoki takliflaringiz bo‘lsa izohlarda fikringizni yozib qoldiring.

https://t.me/rkarimjonov
10.5K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-07-04 13:56:45
O‘zbekistonda Freelancing sohada ish faoliyatini rasman olib boradiganlar soni 40 mingdan ziyod ekan. (norasmiylari bilan 100 mingga borsa kerak?)

AKT vazirligi qoshidagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi tomonidan O‘zbekistonda Freelance sohasiga qiziquvchi yoshlarga amaliy ko‘mak berish maqsadida https://t.me/freelanceuzofficial telegram kanali ishga tushirilibdi.

Freelancing sohasida ish faoliyatingizni olib borishni maqsad qilib, biroq nimadan boshlashni bilmasangiz yoki frilancerlik faoliyatingizda Siz xohlagan natijaga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, shuningdek ushbu sohada yuqori daromad topib muvaffaqiyat qozonmoqchi bo‘lsangiz albatta mazkur telegram kanalga obuna bo‘ling va ushbu sohada professional mutaxassis bo‘lishingiz uchun birinchi qadamni qo‘ying.

https://t.me/rkarimjonov
20.2K views10:56
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:07:29
IT технологияларига ўқимоқчи бўлган ёшларга яхши янгилик!

Президентимиз кечаги Ёшлар куни байрам тадбиридаги маърузада бизнинг соҳага қизиқадиган ёшлар учун жуда фойдали бўлган янгиликни айтиб ўтдилар: “Ҳисоб-китобларга кўра, бугунги кунда 1 нафар IT мутахассисини тайёрлаш учун камида 1 йил вақт ва 20 миллион сўмгача маблағ талаб этилади. Ваҳоланки, яхши мутахассис 2-3 ойда битта дастур яратиб, ушбу харажатни бемалол қоплаши мумкин. Бундан буён хусусий таълим муассасаларида IT технологиялари бўйича ўқиш (дастурлаш, веб-дизайн, анимация) истагини билдирган ёшларга ҳам 20 миллион сўмгача миқдорда 4 йиллик имтиёзли кредит тақдим этилади.”

Бизнинг соҳамизда ўқиш ниятида бўлган ёшлар 100дан ортиқ IT-PARK нодавлат таълим резидентлари орасидан ўзларига мосини танлаб олишлари мумкин: https://education.it-park.uz/

Юқорироқ сифатдаги видео: https://www.facebook.com/watch/?v=584275403332135
3.3K views15:07
Ochish/sharhlash