Get Mystery Box with random crypto!

#birgalikda Ishqning eng baland nuqtalariga seni isming yozil | ﷽꯭❴꯭🌙꯭❵꯭◌꯭❥꯭◦꯭⋅ 𝚁𝙰𝚈𝙷𝙾𝙽 𝙰𝚉𝙸𝚉𝙱𝙴𝙺𝙾𝚅𝙰 𝙳𝙸𝙻𝙳𝙰𝙶𝙸 𝚂𝙰𝚃𝚁𝙻𝙰𝚁𝙸𝙼 🕋꯭꯭ཻ࿆◌꯭❥꯭◦⋅꯭❴꯭📿꯭❵꯭ﷺ

#birgalikda

Ishqning eng baland nuqtalariga seni isming yozilgan...
Seni xayollaring yozilgan eski kundalik ham to'lay deyapti. Sen kelguncha to'lib qolmasin deya hoshiya nima bilmay yozibman, xuddi hislar chegarasin yo'qotgandek aslida.
Oz qoldi... bir yo ikki jumla sig'ar darajada oz.
Sen kelsangu, yoningga yosh boladay otilib chiqsam...
Etaklarimni ko'tarib, shoshib seni izlab, chiqsam peshvoz, xuddi uzoq yillar kutilgan istiqbol meni poyimga kelgani kabi...
Sochlarim uchirib shamol, desa keldi, keldi, tez yugur... mendan oldin borib quch uni...
Yuguraman vaslini ko'ray, yozig'ini ko'rsatsin taqdir!
Sen kelasan, xuddi odatdagiday, bir-bir qadam bosib, hech narsa bilmay...
Shu yurishda kelmaganingda yozilmasdi biror-bir jumla... kundalik ham to'lmasdi balki...
Yuguraman sen kelding deya, bulut tezroq yurardi balkim... lablarimdan uchar har onda, qulog'ingga aytilmoq istagan jumla... men uni senga yetganimda aytaman hali!
Boshimdan uchgan ro'molim ham sen tomon uchar, ko'ray deydi, unga artilgan ko'zyoshlarning egasin holin...
Biz uchrashsak aytaman senga, qulog'ingga lablarim bosib, aytilmoqni istagan jumla " ... " uchta so'z va qaynoq nafas... taftim taftingga singadi hali...
Yuguraman, etaklarim qo'limga sig'mas... sen kelyapsan... seni ko'ryapman...
Anov quyuq tuman ichidan, chiqib olsang, men senikiman!


#reyxanka