Get Mystery Box with random crypto!

#köngilga_yoqqan_satrlar Bugun baxt yuzimga urdi tarsaki, Siy | ﷽꯭❴꯭🌙꯭❵꯭◌꯭❥꯭◦꯭⋅ 𝚁𝙰𝚈𝙷𝙾𝙽 𝙰𝚉𝙸𝚉𝙱𝙴𝙺𝙾𝚅𝙰 𝙳𝙸𝙻𝙳𝙰𝙶𝙸 𝚂𝙰𝚃𝚁𝙻𝙰𝚁𝙸𝙼 🕋꯭꯭ཻ࿆◌꯭❥꯭◦⋅꯭❴꯭📿꯭❵꯭ﷺ

#köngilga_yoqqan_satrlar

Bugun baxt yuzimga urdi tarsaki,
Siylamadi quvonch, ezmadi qayg'u
Osmon qulamadi, biroq shunchaki
Ko'zimga tik boqib "Kimsiz? " dedi u...

Kimman? Kimligimni bilsam qaniydi....
Behuda savollar bermaydi to'zim.
Meni sendan o'zga hamma taniydi
Yonginangda turgan begona o'zim.

Men o'sha "begona" ko'nglim zorlansa,
Yoqtirgan qo'shig'ing tinglab ovungan...
ISHQ deb kimdir kuysa, zorlansa
Dardkash bo'lib yana seni sog'ingan...

O'sha "begona"man, "begona"man men,
Ko'zingdan o'zga bir ko'zga boqmagan.
Rost, chindan Layliman, devonaman men,
O'zingni sevganu, o'zga yoqmagan...

O'sha "begona"man, haqqim yo'q aslo,
Ko'nglimni ko'nglingga yaqin olishga.
Lek, borim berardim, so'rasang hatto
Sening chun eng yaqin inson bo'lishga...

Quvonch siylamadi, ezmadi qayg'u,
Kimningdir ishqida bitta donaman.
Tik boqib ko'zimga "Kimsiz?" dedi u,
Keling, tanishamiz- men "BEGONA" man...!



#rayhon