Get Mystery Box with random crypto!

YOSH OILALAR UCHUN UY-JOY SOTIB OLISHDA QANAQA IMTIYOZLAR MAVJ | Yoshlar ishlari agentligi Qo'shrabot tuman bo'limi

YOSH OILALAR UCHUN UY-JOY SOTIB OLISHDA QANAQA IMTIYOZLAR MAVJUD?

SAVOL: Assalom aleykum biz yosh oilamiz. Bizni uy-joyimiz yo'q. 1 nafar farzandimiz bor. Uy olishimiz uchun biror bir imkoniyatlar bormi bizga. Rahmat.

Avvalo, ilgari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko'p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to'g'risida”gi Qarori mavjud edi.

Afsuski, hozirda bu qaror bekor qilingan.

Shuning uchun ham Sizga  imtiyozli shartlarda subsidiya asosida uy-joy sotib olishni tavsiya qilgan bo'lar edik.

  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 182-sonli Qaroriga ko'ra Siz uy-joy sotib olish, yakka tartibda uy-joy qurish, shuningdek uy-joyni rekonstruktsiya qilish maqsadida subsidiya ajratilishini so'rab o'zingizga qulay bo'lgan davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro'yhatdan o'tib ariza-so'rovnomani to'ldirishingiz va ariza qoldirishingiz lozim.

Sizning murojaatingiz bo'yicha subsidiya ajratilishi Sizning doimiy yashash manzilingizdagi doimiy komissiya tomonidan muayyan mezonlar asosida o'rganilib chiqiladi.

Subsidiya faqat daromadi yuqori bo'lmagan oilalarga ajratiladi.

Shuni qayd etish lozimki, daromadi yuqori bo'lmagan oila deganda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo'lgan o'rtacha oylik daromadlar miqdori: qishloq joylarda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining (keyingi o'rinlarda — MHTEKM) 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha; Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha; Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3,0 baravaridan 9,2 baravarigacha bo'lgan oilalar tushuniladi.

(Bugungi kunda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 920 ming so'm).

Agar ariza beruvchining o'rtacha oylik daromadlari miqdori yuqorida ko'rsatilgan me'yorlardan kam bo'lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga hotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) yoki u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, Siz subsidiya asosida ariza-so'rovnoma to'ldirish uchun o'zingiz istalgan hududdagi davlat xizmatlari markaziga (DXM) yoki quyidagi havola orqali o'tib elektron tarzda ariza qoldirishingiz mumkin.

https://my.gov.uz/uz/service/325

E'tibor bering! Subsidiya faqat Sizning doimiy ro'yhatga olingan hududingizdan ajratiladi. Yakunda tegishli komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo'yicha baholash natijalariga ko'ra ariza beruvchiga, ya'ni Sizga ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

@Nargiza_Gafforova