Get Mystery Box with random crypto!

RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar stadioni yo'q | Qumqo‘rg‘on yangiliklari | Azamat Muradov

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar stadioni yo'q qilinib, o'rniga qurilish boshlanmoqda” sarlavhali video murojaat yuzasidan Qumqo’rg’on tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Tumanning Yangiyer mahallasida 4 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qilib kelayotgan bo‘lib, 3-7 yoshdagi bolalar soni 382 nafarni tashkil etadi. Mahalla hududidagi 5 ta oilaviy nodavlat va 1 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 230 nafar bolalarni qamrab olgan. Biroq, ular mahalladagi bolalarni to‘liq maktabgacha ta’limga qamrab olish quvvatiga ega emas.

Shu sababli mahalla aholisi tomonidan hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarni inobatga olib, Yangiyer mahallasida davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bo‘yicha davlat dasturiga taklif berilgan.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 11-sentabrdagi 83-son bayoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024 — 2026-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 404-sonli qarorining 11-bandida Qumqo’rg’on tumani “Yangiyer” mahallasi hududidan 90 o’rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida“Yangiyer” mahalla fuqarolar yig’inining 2023-yil 21-sentabrdagi 21-sonli yig’ilish bayoniga asosan “Yangiyer” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo’lgan umumiy maydoni 1 gektar 15 sotix o’lchamdagi o’yingohning bo’sh turgan qismidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi uchun yer maydoni tanlab olingan.

Surxondaryo viloyati hokimining 2023-yil 6-oktabrdagi “Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Boysun tumanlari hududidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi uchun yer maydonlari ajratish to‘g‘risida”gi 502-8-0-Q/23-sonli qaroriga asosan “Yangiyer” mahallasi hududidan 35 sotix yer maydoni ajratilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydonidan tashqari zamonaviy sport maydonchasi qurish uchun 80 sotix yer mavjud.

Ushbu mahallada qurilishi rejalashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qo’shni bo’lgan “Mustaqillik” mahallasining 3-7 yoshdagi bolalari uchun ham xizmat qiladi.

@QUMQORGONEWS