Get Mystery Box with random crypto!

AKMAL OSTONOV XORIJLIK INVESTOR BILAN UCHRASHDI Har qanday ma | Qorovulbozor 24

AKMAL OSTONOV XORIJLIK INVESTOR BILAN UCHRASHDI

Har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi ushbu mamlakatdagi investitsiya faoliyatining ko‘lami va rivojlanish sur’atlariga bevosita bog‘liq.

Shu maqsadda, Qorovulbozor tumani hokimi Akmal Ostonov Eronlik Rajabpour Fatemeh bilan uchrashib, investitsion loyihalarni muhokama qilishdi.

Rajabpour Fatemeh tumanda tejamkor suv texnologiyalarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, investor tomonidan zamonaviy texnoloiyalar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish taklifi ham ilgari surilib, muzokaralar olib borildi.

Muhokamalar jarayonida takiflar tuman hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki ishlarga kirishildi.

@qorovulbozor24