2024-06-03 09:06:48
Maktablarda futbol loyihasi sizni murabbiylikka taklif qiladi! Futbol ixlosmandlari uchun ajoyib taklifimiz bor. Maktablarda futbol loyihasi sizni murabbiylik kurslariga taklif qiladi.
Havaskorlardan quyidagilar talab qilinadi:
Yosh chegarasi 18-35 oralig‘i;
Kirishimli, futbolga qiziqadigan bo‘lishi;
Intizomlilik, jamoa bilan ishlay olish;
Yurakdan futbolni yaxshi ko‘rib, murabbiy bo‘lishni reja qilgan bo‘lishi.
Biz nimalar va’da qilamiz:
Futbol murabbiyini 4 oylik o‘quv kursda o‘qitib, saralangan nomzodlarni 100% ish bilan ta’minlaymiz;
Doimiy ish o‘rni va o‘rtacha 5 mln so‘m oylik maosh;
Ish staji;
Har qanday ijobiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Murabbiylik o‘quv kursi haqida qisqacha:
O‘qish maddati 4 oy bo‘lib, 3 oy amaliyot va 1 oy teoriya o‘rgatiladi;
Bu muddat ichida sizga bola psixologiyasi, hakamlik va futbol murabbiylik bilimlari taqdim etiladi.
Agar, yuqorida sanab o‘tilgan talab va takliflar sizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz!
Ro‘yxatdan o‘tish
*Eslatma: murabbiylik 1-kursiga
faqat 10 kishi qabul qilinadi.
12.8K views06:06