Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda futbol loyihasi sizni murabbiylikka taklif qiladi! | Qitmir chol Official

Maktablarda futbol loyihasi sizni murabbiylikka taklif qiladi!

Futbol ixlosmandlari uchun ajoyib taklifimiz bor. Maktablarda futbol loyihasi sizni murabbiylik kurslariga taklif qiladi.

Havaskorlardan quyidagilar talab qilinadi:

Yosh chegarasi 18-35 oralig‘i;
Kirishimli, futbolga qiziqadigan bo‘lishi;
Intizomlilik, jamoa bilan ishlay olish;
Yurakdan futbolni yaxshi ko‘rib, murabbiy bo‘lishni reja qilgan bo‘lishi.

Biz nimalar va’da qilamiz:

Futbol murabbiyini 4 oylik o‘quv kursda o‘qitib, saralangan nomzodlarni 100% ish bilan ta’minlaymiz;
Doimiy ish o‘rni va o‘rtacha 5 mln so‘m oylik maosh;
Ish staji;
Har qanday ijobiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Murabbiylik o‘quv kursi haqida qisqacha:

O‘qish maddati 4 oy bo‘lib, 3 oy amaliyot va 1 oy teoriya o‘rgatiladi;
Bu muddat ichida sizga bola psixologiyasi, hakamlik va futbol murabbiylik bilimlari taqdim etiladi.

Agar, yuqorida sanab o‘tilgan talab va takliflar sizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz!

Ro‘yxatdan o‘tish

*Eslatma: murabbiylik 1-kursiga faqat 10 kishi qabul qilinadi.