2021-11-20 21:14:18
KELINNING QAYNONA OLDIDAGI
VAZIFALARI
-Vaqti kelib o'zlari ham qaynona bo'lishlariniaslo unutmasliklari lozim.
Turmush o'rtog'i ham bir onaning,
yani qaynona(si)ning bolasi
ekanligini , o'zlari bolalariga qanday
parvona bo'lsalar, qaynona ham bolasiga shunday bog'langanini esda
tutushlari zarur.
-Qaynonaga hurmat va muhabbat
bolishi lozim. Chunki u sevgan
insonning onasi.
Qaynonaning xursandligi erni mamnun qiladi, oilani mustahkamlaydi.
-Qaynonaning ba'zi ters gaplarini
o'ziga olmasligi, e'tibor bermasligi
kerak.
-Yoshdagi farqni hisobga olish,
qaynonaning xohish istaklari,
harakatlari shunga bog'liqligini
unutmaslik zarur.
-Qaynonasi bilan munosabati yaxshi
bo'lganida eri bilanko'gildagidek
yashashni his qilishi kerak.
-Bayramlarda, odatiy kunlarda
qaynonani tez-tez yoqlab , ko'nglini
olishi kerak.
-Erining ota onasini tez-tez ko'rgisi
kelishidan norozi bo'lmasligi lozim.
O'zining o'g'li oilada bo'lgach, tez-tez
yo'qlab tursa xursand bo'lishini
tasavvur qilish kerak.
-Qaynonasi bilan sen-menga borib
qolsa, avvalo o'z harakatlarini o'ylab
ko'rish lozim. Ma'noli nigohlar, chaqib
oluvchi so'zlarning sababi haqida fikr
yuritish zarur.
Masalan, kelinning kiyimi qaynonasiga yoqmasa nima bo'libdi, asosiy o'zi va turmush
o'rtog'iga yoqishidir.
-Dastlab bunday yo'l tutish , eshitib
eshitmaslikka olish qiyin bo'ladi,
ammo asta-sekin ko'nikiladi. Oiladagi
osoyishtalikni ta'minlash uchun
shunday harakat qilish kerak bo'ladi.
Goho noo'rin ranjitsa-da, qaynona erning onasi, farzandlarining buvisi-da!
@qaynonalik
5.6K viewsjohny_uz, 18:14