Get Mystery Box with random crypto!

Soxta maddohlikning bari behuda, Hamma ham dardingni ko'rmaydi | Мысли вслух

Soxta maddohlikning bari behuda,
Hamma ham dardingni ko'rmaydi baham.
Ko'zlaring yoshlanib, qiynalsang juda,
Eng yaqin insoning kutar, azizam!

Boshqa vaqt atrofing o'rab olishar,
Aytishar: "Tark etmam, bazinhor, hecham".
Tantanalar tugab, yorilganda shar,
Eng yaqin insoning kutar, azizam!

Quloq sol, bahormas har kuning, har on,
Bu dunyo beshavqat, bu dunyo bir kam.
Bulut quyosh to'sib, kelsa qahraton,
Eng yaqin insoning kutar, azizam!

Suyangan tog'laring shularmi, o'ylan,
Yelkadosh bo'lishsa qolmaysan mulzam?
Olam chekkasiga faqat sen bilan
Eng yaqin insoning ketar, azizam!
Unutma, qaydadir seni ayni dam
Eng yaqin insoning kutar, azizam!

https://t.me/shahisblog/670 dan ilhomlanib...