Get Mystery Box with random crypto!

Yolgʻizlik Oʻtadi tunlaring judayam gʻamgin, Uyingda boʻlsang | Мысли вслух

Yolgʻizlik

Oʻtadi tunlaring judayam gʻamgin,
Uyingda boʻlsang gar xuddi asira.
Buguning kechadek tuzsiz va sokin,
Ertaga ham bir nima oʻzgarmasdir-a?

Hamrohing yolgʻizlik oʻshal yagona,
Oʻlchanar vaqt emas, tunlar-la bedor.
Oʻqiysan, toʻqiysan, tikarsan yana,
Hech biri eslanmas — kun oʻtar bekor.

Va birdan keladi, baribir, albat,
Ushlanar umidlar, bashorat, orzu.
Lablaring topadi boʻlsa ham zulmat,
Anduhni pichirlab quvib solar U.