2023-01-05 10:06:26
O'qituvchilar olimpiadasi haqida
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ilk marotaba umumta’lim maktab o‘qituvchilari o‘rtasida
“O‘qituvchilar olimpiadasi” tashkil qilingan edi. Dastlab ushbu olimpiada
matematika fani o‘qituvchilari o‘rtasida uch bosqichda o‘tkazildi, unda
6000 ga yaqin o‘qituvchilar olimpidaning birinchi bosqichida ishtirok etdi.
Olimpiada sinovlari ikki bosqichda: yozma ish va test topshiriqlari shuningdek, metodik qismdan iborat nazorat materiallari orqali ishtirokchilar baholandi. Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi.
Ko‘p sonli ustozlar va o‘qituvchilarning takliflari asosida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab
“O‘qituvchilar olimpiadasi” matematika fanidan tashqari fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ham tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yildi. Bu yil ham mazkur olimpiada uch bosqichda tashkil qilindi. Olimpiadaning dastlabki bosqichida
jami
30 ming nafarga yaqin ustozlar ishtirok etdi.
Olimpiadaning Respublika bosqichi
2023-yil 6-7-yanvar kunlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi
118-sonli umumta’lim maktabida
2 kun davomida tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Unda yuqoridagi fanlar bo‘yicha olimpiadaning hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami
168 nafar (har bir fandan
3 nafardan, har bir hududdan 12 nafar) o‘qituvchilar ishtirok etishlari belgilangan.
Birinchi kun ishtirokchilarga 5 ta masaladan iborat yozma ish taqdim qilinadi va
3 soat vaqt ajratiladi. Ikkinchi kun metodik qism va test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, metodik qismda taqdim etilgan topshiriqlar yechimlari keltirilgan misol va masalalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yechilganligini izohlab, yechimni baholash talab etiladi. Buning uchun 2 soat vaqt ajratiladi va 50 ball bilan baholanadi.
Barcha ishtirokchilar uchun Vazirlikning sovg’alari va ishtirokchi sertifikati taqdim qilinadi, Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra har bir fan bo‘yicha 6 nafar yuqori natija qayd etgan ustozlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Barcha fanlar natijalariga ko‘ra
Hududlar bo‘yicha reyting e’lon qilinadi.
Barcha ishtirokchi ustozlarimiz va o‘qituvchilarimizga omad tilab qolamiz!
olympiad.uzedu.uz
@olimpdep
328 views07:06