Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim Live

Telegram kanalining logotibi perevod_live — Ta’lim Live T
Telegram kanalining logotibi perevod_live — Ta’lim Live
Kanal manzili: @perevod_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 138
Kanalning ta’rifi

Ta’lim Live™ — Ushbu sahifada o‘qishni ko‘chirishga oid tezkor yangiliklar va xabarlar berib boriladi

Asosiy kanal — @Talim_Live
Murojaat uchun — @TalimLiveBot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-02 09:12:51 #Perevod_2022

Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.8K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-07-01 17:58:48 Rasman: 9 iyul Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

● 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
● 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
● 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
● 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba) dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.6K views14:58
Ochish/sharhlash
2022-07-01 09:47:56
#Perevod_2022 #Dolzarb

RASMAN: o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga 15 kun qoldi.

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish va qayta tiklash uchun hujjatlar qabul qilinadi. — Talabgorlar onlayn shaklda ariza yozishlari mumkin.

Kanalimiz orqali "PEREVOD-2022" jarayonlarini yoritib borishga harakat qilamiz.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.5K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-06-29 19:39:31
#Perevod_2022 #Dolzarb

"O‘qishni ko‘chirishda arizam qabul qilinganini qayerdan bilaman?"
deb so'raganlar uchun

Ariza to‘ldirganingizdan so‘ng, shaxsiy kobinetda "ariza holati" bo‘limida arizangiz statusi aks etadi.

Arizalar 3 xil statusda ega, bular;
Yuborildi
Qabul qilindi
Rad etildi

Rasmda esa qabul qilingan ariza holati
aks etgan.

P/S. O‘tgan yili arizalar rad etilaverib hammaning joniga tekkan edi. Arizasi qabul qilingan ba‘zi talabalar imtihondan o‘tgandek xursand bo‘lishgandi

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Perevod_Live
1.7K viewsedited  16:39
Ochish/sharhlash
2022-06-27 16:25:30 ​​#Tezkor #Perevod_2022

PEREVOD ARIZASINI YANGI(BOSHQA) PLATFORMADA TOPSHIRASIZ!

Avvalgi yili transfer.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni topshirish mumkin edi. Bu yili my.dtm.uz saytiga "xorijdan o‘qishni ko‘chirish" bo‘limi qo‘shildi.

Demak, o'qishini xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chirmoqchi bo‘lgan talabalar ushbu manzil orqali ariza yozishlari mumkin: — my.dtm.uz

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi.

P/S. Katta kanal adminlari manba ko‘rsatib ketinglar!

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.5K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-06-25 21:53:44 ​​ O'qishni ko'chirishda necha ball to'plash kerak

80 ball to'plash kerak bo'lgan yo'nalishlar
94 ball to'plash kerak bo'lgan yo'nalishlar
105 ball to'plash kerak bo'lgan yo'nalishlar
129 ball to'plash kerak bo'lgan yo'nalishlar:
140 ball to'plash kerak bo'lgan yo'nalishlar

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Perevod_Live
2.2K viewsedited  18:53
Ochish/sharhlash
2022-06-24 07:52:47 Surxondaryoda “At Termiziy University” nomi ostida soxta universitet tashkil qilingani aniqlandi

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lmasa-da “At Termiziy University” nomli soxta xususiy ta’lim muassasasini tashkil etganlar aniqlandi. Ular Telegram orqali targ‘ibot olib borishgan va 73 kishidan qariyb 307 mln so‘m undirgan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kanalga ulanish:
@Perevod_Live
2.2K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2022-06-23 16:28:58
#TEZKOR #Perevod_2022

ARIZA NAMUNASI

O‘qishni ko‘chirish uchun ilk qadam arizani to‘g‘ri yozishdir. Sizga to‘g‘ri yozilgan ariza namunasini taqdim etamiz..!

Ariza quyidagicha bo'ladi:

Talabgorning shaxsiy ma'lumotlari; — ushbu bo‘limga pasport ma‘lumotlari va telefon raqam kiritiladi.
Bular;
• F.I.SH
• Fuqarolik
• Pasport seria
• JSh SHIR
• Tug‘ilgan sanasi
• Jins
• Telefon raqam

Talabgorning tahsil olayotgan ta‘lim muassasasi ma‘lumotlari; — avval o‘qigan yoki o‘qiyotgan OTMning ma‘lumotlari kiritiladi.
Bular;
• Ta‘lim muassasasi nomi
• Ta‘lim yo‘nalishi nomi
• Ta‘lim shakli
• Tugatgan bosqichi

Talabgor arizasining ma'lumotlari; — ko‘chirmoqchi bo‘lgan OTMning ma‘lumotlari hamda ko‘chirish sababi va test topshirish hududi kiritiladi.
Bular;
• Test topshirish hududi
• Tanlangan ta‘lim muassasasi nomi
• Mutaxassislik shifri va nomi
• Ta‘lim shakli
• Ta‘lim tili
• Izoh ( ko‘chirish sababi )

Eng so'nggida ariza holati aks etadi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
652 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-06-23 11:13:03
"PEREVOD" qabuli surilishi mumkin

Har yili o'qishni ko'chirish uchun hujjatlar qabuli 15-iyuldan 5-avgustga qadar davom etardi. 15-iyul sanasida abituriyentlar uchun qabul jarayonlari yakunlanib, "perevod" uchun qabul boshlanardi.

Bu yildan abituriyentlar qabuli 20-iyundan boshlanib, 20-iyulga qadar davom etadi. Shu sababli ham o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari 20-iyul sanasidan onlayn bo'lishi kutilmoqda.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Perevod_Live
2.0K views08:13
Ochish/sharhlash
2022-06-21 15:08:50 #Perevod_2022

O'qishni ko'chirish bo'yicha ayrim ma'lumotlar

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni davlat oliygohlariga ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabgorlar abituriyentlar kabi "super kontrakt" to'lab o'qishlari mumkin.

o‘qishni ko‘chirishda qabul kvotasi bo‘lmaydi. Imtihonlardan o'tgan talabgorlarning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.

turdosh yo'nalishlarning yangilangan ro'yxati iyul oyida taqdim etiladi

O'qishni ko'chirish talabida bo'lganlar abituriyentlar kabi ro‘yhatdan optganidan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining 50% (150.000 so'm) to'lov to‘laydi.

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni davlat oliygohlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida ko‘chiradigan talabgorlar ham 3 ta majburiy fanlardan test topshiradi.

3-4-kurs talabalariga ham o‘qishini ko'chirishga ruxsat etiladi. Bunda, kurs qanchalik katta bo'lsa, fanlar o‘rtasidagi farq ham ko‘p bo‘lsa kursning pasayish ehtimoli ham shunchalik yuqori bo'ladi.

O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar:
@Perevod_Live
2.0K views12:08
Ochish/sharhlash