Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim Live

Telegram kanalining logotibi perevod_live — Ta’lim Live T
Telegram kanalining logotibi perevod_live — Ta’lim Live
Kanal manzili: @perevod_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 138
Kanalning ta’rifi

Ta’lim Live™ — Ushbu sahifada o‘qishni ko‘chirishga oid tezkor yangiliklar va xabarlar berib boriladi

Asosiy kanal — @Talim_Live
Murojaat uchun — @TalimLiveBot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-27 13:51:17
Imtihonda yetarli ball toʻplagan "perevodchi"lar taxminan shunaqa koʻrinishda

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
263 views10:51
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:23:32 #Perevod_2022 #Natija
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha uchinchi kun natijalari chiqib boʻlibdi.

Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot

Alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlariga o'qishini ko'chirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari ham tez orada chiqadi.

P/S. Tekshirib koʻringlarchi

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
287 views06:23
Ochish/sharhlash
2022-07-09 23:01:41 Perevodchilar diqqatiga!

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar xox xorijda o'qiyotgan bo'lsin, xox yurtimizdagi davlat yoki xususiy oliygohlarda tahsil olayotgan bo'lsin, ushbu post barcha toifaga tegishli.

15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Sizdan talab etiladigan asosiy hujjat transkript hisoblanadi. Siz ayni vaqtda o'qiyotgan semestrni to'liq yopolmasangiz yoki fanlardan qarzdorlik mavjud bo'lsa, yoxud semestr kechroq yakunlansa (xususiy OTMlar shunaqa xitrlik qilyapti) ham buning o'qishni ko'chirishga hech qanday ta'siri yo'q

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda qabul qilingan 393-sonli qaroriga asosan talaba o'qishini ko'chirishi uchun "birinchi kursning birinchi semestrdan qarzdorlik bo'lmasligi kerak". Bu degani qolgan semestrlardagi qarzdorlik muhim emas degani. Ya'ni siz nechanchi kurs bo'lishingizdan qat'iy nazar oxirgi semestrdan qarzdor bo'lsangiz ham o'qishingiz ko'chira olasiz. Bu qonunchilikda aniq va tiniq ko'rsatib qo'yilgan.

Ayrim xususiy yoki davlat oliygohlarining mutasaddilari tomonidan sizga oxirgi semestrda fanlardan qarzdorlik borligi bahonasi bilan "senga transkript berish mumkin emas, bermaymiz, perevod qila olmaysan" deb transkript bermaslik holatlari mutlaqo noqonuniydir.

Agarda sizda shunday holat kuzatilsa, o'sha shaxsdan transkript bermasligi haqida yozma javob talab qiling. Agar shunda ham ta'sir qilmasa, kechiktirmay o'sha kunning o'zidayoq Prokuraturaga murojaat qiling. Haqqingizni talab qilishni o'rganing.

Yana bir masala, bu holat asodan xususiy oliygohlarda kuzatilmoqda ekan. Ular buni o'zining ichki tartib-qoidasi bilan izohlashyapti emish. Shuni yodda tuting-ki, har qanday ichki tartib-qoida yuqori turuvchi qonun hujjatlaridan ustun bo'la olmaydi, aksincha o'sha qonunlarga asoslangan holatda joriy qilinadi. Xususiy OTMlarning ham transkript bermaslik bo'yicha talablari ham mutlaqo NOQONUNIY. Bu bo'yicha alohida batafsil to'xtalamiz.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
180 views20:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 23:16:30 #Perevod_2022

PEREVOD ARIZASINI YANGI(BOSHQA) PLATFORMADA TOPSHIRASIZ!

Avvalgi yili transfer.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni topshirish mumkin edi. Bu yili my.dtm.uz saytiga "xorijdan o‘qishni ko‘chirish" bo‘limi qo‘shildi.

Demak, o'qishini xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chirmoqchi bo‘lgan talabalar ushbu manzil orqali ariza yozishlari mumkin: — my.dtm.uz

Kerakli hujjatlar:
• Ariza
• Pasport (jpg yoki pdf shakli)
• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)
• Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun)

Qabul jarayonlari 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi. Imtihon jarayonlari abituriyentlar uchun test sinovlari yakunlangach bo'lib o'tadi.

Eslatma: yuqoridagi saytlar qabul jarayonlari vaqtida ishga tushadi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.3K views20:16
Ochish/sharhlash
2022-07-07 22:04:24
#Perevod_2022

Diqqat: qabul jarayonlari boshlanishiga 7 kun qoldi.

15-iyuldan 5-avgustga qadar o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi.

Kanalimiz orqali "PEREVOD" jarayonlarini yoritib borishga hamda ro'yxatdan o'tish jarayonlariga ko'maklashishga harakat qilamiz.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.3K views19:04
Ochish/sharhlash
2022-07-07 08:23:23 Davlat test markazining namunaviy test savollari va ularni yechish boʻyicha tavsiyalar.

Faylda testning to'g'ri javobi va uning manbasi ko'rsatilgan. Undan tashqari savollarga to'g'ri javobni topish bo'yicha qo'llanma ham mavjud.

Ona tili — yuklab olish;
Ingliz tili — yuklab olish;
Tarix — yuklab olish;
Matematika — yuklab olish;
Biologiya — yuklab olish;
Fizika — yuklab olish;
Kimyo — yuklab olish;
Geografiya — yuklab olish;
Nemis tili — yuklab olish;
Fransuz tili — yuklab olish;
Rus tili — yuklab olish;
Qoraqalpoq tili — yuklab olish.

Ma‘lumotlar davlat test markazining rasmiy veb-saytidan yuklab olindi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.3K views05:23
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:27:36 Xorijdan o'qishni ko'chirish uchun ariza to'ldirishda:

Transkript va spravkada ta'lim yo'nalishi bir xil bo'lishiga ahamiyat bering

Transkriptda baholar ochiq qolmaganiga e'tibor qarating

Transkriptda yo'nalish, familya ismingiz to'g'ri yozilganiga e'tibor qarating

Hujjatlarni yuklayotganda sifatiga e'tibor qarating

Saytning izoh qismida o'qishni ko'chirish sababi yoki boshqa hollarda izoh yozing

Hujjatlaringizda (DOT, дистанционной) yozuvlari bo'lmasligiga ahamiyat bering

O'qishni ko'chirayotgan mos va turdosh ta'lim yo'nalishlarinigina tanlang

Siz o'qiyotgan yo'nalish O'zbekistonda bo'lmasa unda mutaxasis bilan maslahatlashing

Ariza to'ldirishdan osoni yo'q, sayt hammasini qabul qilaveradi va keyinchalik rad etilish holati kuzatiladi, muhimi xatoga yo'l qo'ymang

Yuklayotgan qalbaki hujjatlaringiz baribir fosh bo'lib, javobgarlikka tortilishingizni unutmang

O'qishga kirgizib qo'ygan firmalaringiz yo'nalishingizni o'zgartirib tayyorlab bergan hujjat bilan ariza topshirsangiz, biling-ki, keyingi taqdiringiz zax va panjarali podvallarda davom etishi mumkin

Qayoqdagi domlalaringiz va mahalla xotinlarining mish-mishlariga ishonavermang. Faqatgina ushbu soha rasmiylari bergan fikrlarnigina qabul qilishni o'rganing....


O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:
@Perevod_Live
1.6K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-07-02 23:05:09 Davlat test markazi tomonidan olinadigan imtihonlarning majburiy va mutaxassislik fanlaridan namunaviy test topshiriqlari.

Majburiy bloklar:
Ona tili — yuklab olish;
Matematika — yuklab olish;
O‘zbekiston tarixi — yuklab olish.

Mutaxassislik fanlari:
Biologiya — yuklab olish;
Fizika — yuklab olish;
Kimyo — yuklab olish;
Geografiya — yuklab olish;
Ingliz tili — yuklab olish;
Nemis tili — yuklab olish;
Fransuz tili — yuklab olish.

Ma‘lumotlar davlat test markazining rasmiy veb-saytidan yuklab olindi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.8K views20:05
Ochish/sharhlash
2022-07-02 11:14:02 #Perevod_2022

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish: Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi;

o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Ta‘lim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
1.8K views08:14
Ochish/sharhlash