Get Mystery Box with random crypto!

OYINA.UZ

Telegram kanalining logotibi oyinauz — OYINA.UZ O
Telegram kanalining logotibi oyinauz — OYINA.UZ
Kanal manzili: @oyinauz
Toifalar: Siyosat , Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.03K
Kanalning ta’rifi

Oyina.uz порталининг расмий телеграм канали.
Таклиф ва мурожаатлар учун: @oyinauz_bot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-23 18:00:38
Jungjanglar va manqurtlar, mafkuraviy qo‘lqop – majburiy rozilik muloyim sohalar orqali olinadi. Markaziy Osiyo hamon postkolonialmi?

Mahalliy elita va tobe aholiga kolonial mafkurani tiqishtirishning yana bir usuli – ingliz, fransuz, rus va hokazo imperiya tillarini ularga singdirish edi. Shu orqali tobe aholini imperial diskursga jalb qilish osonlashardi. Zambaraklar bilan jismoniy mutelik o‘rnatilgan bo‘lsa, imperiya tili orqali ruhiy tobelik qaror toptiriladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/363

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-04-23 12:33:07
“Xudo ko‘nglimga soldi” – immanent va transsendent hodisalar mohiyati

Sevgi-muhabbat ham insondagi transsendent tuyg‘udir. Hech bir oshiq sevgan kishisini nega, nima uchun yaxshi ko‘rib qolganini jo‘yali tarzda tushuntirib berolmaydi. Nega sevgilisi tushlariga kirib chiqadi, unga qandaydir g‘ayritabiiy kuch-qudrat, ilhom bag‘ishlaydi? Umrida she’r yozmagan oshiq so‘zlarni qofiyaga sola boshlaydi; ashula aytmagan oshiq nimalarnidir xirgoyi qiladi, dala-dashtga, qir-adirga chiqib hayqirgisi keladi. Ayrim hollarda oshiqlar bir-birini hatto yaqindan bilmaydi, ikki-uch marta uchrashgan, xolos. Sevgi-muhabbat – ma’naviy ong unsuri, demak, ma’naviy qadriyat. Ayni choqda, u go‘zal asarlar, buyuk jasorat va ezgu ishlar manbaidir. Har ikki ko‘rinishda ham u transsendent hodisadir.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/544

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.6K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-04-23 08:29:07
Urushni yoqlovchilar koʻrishi shart boʻlgan besh film

Haqiqiy sanʼat asarlari esa urush va tinchlik, urush va inson, hayot va oʻlim kabi mavzulardan bahs etadi. Qoʻlga qurol olishga emas, qarshisidagi raqibining bronejileti ostida ham yurak urib turganini his qilishga undaydi. Bugun eʼtiboringizga ana shunday besh film roʻyxatini taqdim etamiz.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/846

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
4.0K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-04-22 16:10:08
Dunyoni yaxshilik qutqarishiga ishontiruvchi 10 ta surat

Atrofda boʻlayotgan baʼzi salbiy voqea-hodisalar umidsizlikka tushish uchun sabab boʻlolmaydi. Sizga taqdim qilinayotgan quyidagi fotosuratlar esa insoniyatga boʻlgan ishonchingizni tiklashga xizmat qilsa ajab emas.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/521

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.6K views13:10
Ochish/sharhlash
2023-04-22 08:30:41
“O‘ldirsa ham, osh o‘ldirsin” – noto‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha peshqadam xalqqa aylanib bormoqdamiz

Ovqat qanchalik yog‘li yoki shirin bo‘lsa, odam o‘zini shuncha qulay his qiladi. Har qanday tushunarsiz vaziyatda chaynash uchun biror narsa izlashga moyillik kuchayadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ayollar ko‘pincha stressni yengish, erkaklar esa zerikishdan qutulish uchun taomlanishga mukkasidan ketadilar.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/810

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
973 views05:30
Ochish/sharhlash
2023-04-22 06:26:08
Oʻzbekchilik

Oʻzbekchilik tushunchasi ayni chogʻda gʻurur, iftixor tuygʻulari uchun ham asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, oʻzbek millatiga mansub odam oʻzbekona andisha, soddalik yo biror boshqa sabab bilan nojoʻya ish qilib qoʻygan paytda “Oʻzbekchilik-da” degan ibora qoʻllanib, jonli muloqotda bu soʻz baʼzan salbiy maʼnoda ham qoʻllanadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/1188

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.4K views03:26
Ochish/sharhlash
2023-04-21 14:30:31
Hayvonlarga nisbatan vahshiylik qilgan odam hech qachon baxtli boʻla olmasligi haqida ikki hayotiy voqea

Oʻzbekchilik tushunchasi ayni chogʻda gʻurur, iftixor tuygʻulari uchun ham asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, oʻzbek millatiga mansub odam oʻzbekona andisha, soddalik yo biror boshqa sabab bilan nojoʻya ish qilib qoʻygan paytda “Oʻzbekchilik-da” degan ibora qoʻllanib, jonli muloqotda bu soʻz baʼzan salbiy maʼnoda ham qoʻllanadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/900

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
658 views11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-21 12:06:07
Qo‘nyodan qo‘nim topgan o‘zbegim – uch asr Sibirda, bir asrdan buyon esa Turkiyada yashab kelayotgan buxoriylar qishlog‘iga sayohat

Sinchli loysuvoq uylar ko‘zimizga juda issiq ko‘rindi. Oqsoqollar, ovul muxtori bilan mahallalarni aylandik. Qayerga kirsak, bo‘g‘irsoq va shirinlik bilan siylashdi. Erkak va ayollar rubob, garmon, nog‘ora va surnay chalishib, qo‘shiqlar aytishdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/865

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.1K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-04-21 08:01:07
Bayramni nishonlamaydigan bolalar

Tepasida turgan kishi otasi ekanini bilib, apil-tapil kiyinarkan, sal narida ingrayotgan akasiga botinmayroq qaradi. Issiq kundayam koʻrpa yopinib yotgan Nodirga nimadir demoqchi boʻlib ogʻiz juftladi-yu, indamadi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/859

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:00:20
Ahmoqdan qochgan Iso alayhissalom va Muso paygʻambardan hayvonlar tilini oʻrgangan yigit afsusi – “Maʼnaviy masnaviy”dan hikoyatlar

Muso (a.s.) dedi: “Yo Rabbim, bu itoatgoʻy odam edi, toshboʻron qilingan dev yoʻldan urdimikan? Agar oʻrgatsam, bu unga zarar keltiradi, oʻrgatmasam, uning koʻngli ranjiydi”. Haq dedi: “Unga oʻrgat, ey Muso! Chunki biz karam aylab biror bir duoni rad etmadik”. Muso (a.s.) dedi: “Yo Rabbim, u pushaymon yeydi, qoʻllarini tishlaydi, oʻzini yoqavayron qiladi”.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/1189

Rasmiy sahifalarimiz

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
1.6K views02:00
Ochish/sharhlash