Get Mystery Box with random crypto!

* * * Tashqarida -5 sovuq ko'rsatyapti menda. Mana shu sovuqd | Bugundan xotiralar

* * *

Tashqarida -5 sovuq ko'rsatyapti menda. Mana shu sovuqda arg'imchoq uchib keldim. Negadir boshim gir-gir aylanyapti, arg'imchoq uchmaganimda ham. Keyin, shunchaki, qorda yurdim sirpanib-sirpanib. Biroz o'rindiqda o'tirdim. Turdim, havodan to'yib-to'yib nafas olib qancha yurdim, bilmadim. Va mana shu paytda "men tugayapman, tugab qolyapman" degan fikr keldi. Osmonga tikildim, yerga qaradim, kurtkamning keeeng kapushoni bilan yuzimni yopib uzoq yig'ladim. Tugayapman-u, holimdan xabardor kimsa yo'q... Alam qilarkan!