Get Mystery Box with random crypto!

* * * Yana bir kuz tugamoqda... Umr o'tyapti. Tushunyapsanmi, | Bugundan xotiralar

* * *

Yana bir kuz tugamoqda... Umr o'tyapti. Tushunyapsanmi, daraxtlar quriyapti, gullar so'lib bo'ldi, suvlar oqib o'tib ketyapti... Tegramizda charx urib uchgan qushlar yana qaytadimi yo'qmi, bir Bilguvchiga ayon. Hozir yoqqan yomg'ir, erib ketgan qor, teringni kuydirgan oftob, ko'zlaringni quvnatgan yashillik, balki keyin nasib etmas...

Lekin bir narsa aniq: bugun borsan, shu dam nafas olyapsan, ko'zlaringda nur bor. Shukr desang oz, tasbex aytsang kam.

Iltimos, bugun yasha, bugun bor bo'l. Ertani qo'y! Ertalar gumon!...

Umr o'tyapti, yana bir kuz tugadi, axir.